my5
Sevimli

O`zbekistonda milliy emlash kalendariga kiritilgan vaksinalar haqida ma`lumot berildi

Salomatlik 26.02.2021, 17:52
Теглар: vaksina
O`zbekistonda milliy emlash kalendariga kiritilgan  vaksinalar haqida ma`lumot berildi

Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmati boshlig`i o`rinbosari Botir Qurbonov milliy emlash kalendariga qanday vaksinalar kiritilgani haqida gapirdi:

Botir Qurbonovga ko`ra, mamlakatimizda milliy emlash kalendaridagi 13 turdagi yuqumli kasalliklarga qarshi vaksinalarni xarid qilish to`liq davlat byudjetidan qoplanadi. 2020 yilda ham ana shu vaksinalarni xarid qilish 100 foiz davlat byudjetidan amalga oshirildi.

Jahon tajribasiga tayanib, sog`liqni saqlash tizimida bosqichma-bosqich amaliyotga yangi vaksinalar kiritilmoqda, masalan:

  • 2001 yil chaqaloqlarni virusli gepatit V ga qarshi emlash;
  • 2007 yil qizamiq-parotit-qizilchaga qarshi uch valentli KPK vaksina bilan emlash;
  • 2009 yil penta-valent (AKDS+VGV+XIB) vaksina bilan bolalarni 2-3-4 oylikda emlash;
  • 2014 yil rotavirus infeksiyasiga qarshi bolalarni 2 va 3 oyligida emlash;
  • 2016 yil pnevmokokk infeksiyasiga qarshi emlash;
  • 2018 yil faolligi kamaytirilgan poliomielit vaksina bilan bolalarni 4 oylikda emlash (IPV);
  • 2019 yil Respublikada 9 yoshdagi qiz bolalarni odam papilloma virusiga qarshi emlash.

Jahon sog`liqni saqlash tashkiloti tomonidan berilgan tavsiyalarga muvofiq, har yili o`tkir bo`shashgan sholni epidemiologik nazorati o`rnatilgan tartibda olib boriladi.

O`tkir bo`shashgan sholga gumon etilgan har bir bemordan namuna olib, akkreditasiyadan o`tgan Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmatining virusologiya laboratoriyasida tekshiruvlar o`tkaziladi.

Respublikada 1994 yildan poliomielitga qarshi ommaviy emlash kunlari va 8 ta chegaradosh viloyatlarda tozalash usulida poliomielitga qarshi emlash kunlari o`tkazib kelinmoqda.

️Bir so`z bilan aytganda, mamlakatimizda immunizasiya va vaksinasiya tadbirlarini yuqorida darajada tashkil etish borasida amaliy tajriba va etarli shart-sharoitlar mavjud bo`lib, yuqumli kasalliklar bo`yicha epidemik barqarorlik ta`minlanib kelinmoqda.

Шарҳлар

O`zbekistonda uch kunda 23780 kishi emlandi

04.04.2021, 09:57

Vaksinasiyaning uchinchi kunida Toshkent va Nukus shaharlari hamda viloyat markazlaridan jami 9551 nafar fuqaro emlandi. Bu haqda Sog`liqni saqlash vazirligi Jamoatchilik bilan aloqalar bo`limi rahbari...
Vaksina qabul qilish uchun qaerga murojaat qilish mumkin?

02.04.2021, 17:12

 Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik xizmati Toshkent shahar boshqarmasining ma`lum qilishicha, emlash jarayonlari uchun respublika bo`yicha 3138 ta, Toshkent shahridagi oilaviy poliklinikalar qoshida esa 210 ta emlash puntklari...
O`zbekiston vaksinasiya jarayonlariga qanchalik tayyor? Nurmat Otabekov javob berdi

31.03.2021, 17:41

COVID-19 ga qarshi emlash jarayoniga tayyorgarlik ishlari to`g`risida Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmati  rahbari o`rinbosari Nurmat Otabekov quyidagilarni ma`lum qildi.Uning so`zlariga ko`ra, ommaviy emlash...
O`zbek-Xitoy olimlari hammuallifligida tayyorlanayotgan vaksina O`zbekistonga qanchaga tushadi?

31.03.2021, 17:03

Xitoydan olib kelinayotgan vaksina umumiy qancha pul turadi yoki O`zbekistonga bepul berilyaptimi? Bu savolga Vaksina.uz kanalida javob berildi.ZF-UZ-VAC2001 vaksinasining narxi bo`yicha ma`lumotlarni ochiqlamaslik to`g`risidagi davlatlararo...