AsosiyDunyo

Evropa Ittifoqida vaksina olganlar uchun sertifikat joriy qilinadi

'Evropa Ittifoqida vaksina olganlar uchun sertifikat joriy qilinadi'ning rasmi

Evropa Ittifoqi mamlakatlarida koronavirusga qarshi emlanganlik to`g`risida (vaksinasiya) raqamli pasportlarni joriy etish rejalashtirilmoqda.

Emlanganlikni tasdiqlovchi bunday sertifikatlar Evropa Ittifoqida erkin harakatlanish imkonini beradi. RIA Novosti-ning xabar berishicha bu haqda Germaniya kansleri Angela Merkel koronavirus masalasiga bag`ishlangan yig`ilishdan so`ng ma`lum qilgan.

Kansler birinchi navbatda bunday sertifikatlar a`zo davlatlar tomonidan ishlab chiqilishini va Evrokomissiya Ittifoqning barcha mamlakatlarida foydalanish imkoniyatini ta`minlash maqsadida ularni birlashtirishini ma`lum qildi.

«Vaqtning chegaralanganligiga kelsak, texnik jihatdan ta`minlash ishlari uch oy davom etadi, ya`ni Evropa darajasida barcha mamlakatlarda ishlay oladigan tizim yaratish uchun kamida uch oy vaqt kerak bo`ladi», — dedi Evrokomissiya rahbari.

Ma`lumot uchun, Evropa Ittifoqi 2020 yil martidan beri boshqa mamlakatlardan kelgan sayyohlar uchun tashqi chegaralarni yopgan.

    Boshqa yangiliklar