Bugun, 2021 yil 26 fevral kuni Prezident Shavkat Mirziyoev ishtirokida o`tgan videoselektor yig`ilishida oliy ma`lumotli bo`lish istagida bo`lgan, qobiliyati, bilimi bor, lekin taqdir taqozosi bilan orzusiga erisha olmagan xotin-qizlarni rag`batlantirish tizimini joriy qilish haqida so`z bordi.
Prezidentning qayd etishicha, ota-onasining biridan ayrilgan muhtoj qizlar, boquvchisi yo`q yolg`iz ayollarning kontrakt to`lovini hokimiyat va oliygohlar qoplab beradi. Bunda har bir viloyat hokimi mahalliy byudjet hisobidan 100 nafar, har bir oliygoh esa 30-50 nafardan xotin-qizning kontrakt́ini to`lab berishga mas`ul bo`ladi. Senat Raisi Tanzila Norboeva ushbu ishlarni tashkillashtirishga shaxsan bosh-qosh bo`ladi.
Yig`ilishda Urganch universiteti rektori bu tizim orqali kutilayotgan natijalarni tushuntirib berdi.