Xotin-qizlar muammolarini hal qilish va ularni ijtimoiy qo`llab-quvvatlash masalalari yuzasidan o`tkazilgan videoselektrda xotin-qizlarni uy bilan ta`minlash masalalari ham ko`rildi.
Yig`ilish davomida vaqtincha noturar joylarda istiqomat qilayotgan ayollarni uy bilan ta`minlash uchun har bir hududga 10 milliard so`mdan, otasidan ayrilgan muhtoj qizlar manfaati uchun 5 milliard so`mdan mablag` ajratilishi aytildi.
Bu mablag`lar uy-joyning boshlang`ich to`lovini to`lab berishga yo`naltiriladi. Shuningdek, xotin-qizlarga turar joy ijarasi kompensasiyasi uchun 11 milliard so`m ajratiladi.
Ayollarga, shu jumladan, tazyiqqa uchraganlarga malakali psixologik va huquqiy yordam ko`rsatish tizimini takomillashtirish zarurligi ta`kidlandi.
Xotin-qizlarning davlat va jamiyat oldidagi fidokorona xizmatlari, o`z sohalarida erishgan yutuqlarini rag`batlantirish uchun alohida davlat mukofotini ta`sis etish taklifi ilgari surildi.
Yig`ilishda muhokama qilingan masalalar yuzasidan mutasaddi rahbarlar va xotin-qizlar o`z fikr-mulohazalarini bildirdi.
15.04.2021, 18:15
Xabaringiz bor, ayni damda Prezident Shavkat Mirziyoev hududlardagi o`zgarishlar, aholi hayoti bilan yaqindan tanishish maqsadida Samarqand viloyati bo`lib turibdi. Davlat rahbari Samarqandga tashrifi davomida shahar...12.04.2021, 17:57
O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev va Pokiston Islom Respublikasi Bosh vaziri Imron Xon 14 aprel kuni videoanjuman shaklida uchrashuv o`tkazadilar. Bu haqda Prezident Matbuot xizmati xabar bermoqda. Tadbir kun...09.04.2021, 11:30
Shavkat Mirziyoevning Rossiya va Koreyaga tashrifi rejalashtirilmoqda. Bu haqda Prezident matbuot kotibi Sherzod Asadov o`tkazayotgan brifingda ma`lum qilindi.Xabarga ko`ra, 5 aprel kuni Prezident Rossiya sanoat...08.04.2021, 14:40
Bugungi bo`lib o`tadigan Prezident videoselektorida joriy yilda kichik va o`rta biznesni qo`llab-quvvatlash hamda aholi bandligini ta`minlash dasturini amalga oshirish choralari tanqidiy ko`rib chiqiladi.O`tgan yili kichik...