my5
Sevimli

Abdulaziz Kamilov Qirg`iziston Prezidentiga Shavkat Mirziyoevning maktubini topshirdi

Jamiyat 27.02.2021, 17:34
Теглар: Sadir Japarov, Abdulaziz Komilov
Abdulaziz Kamilov Qirg`iziston Prezidentiga Shavkat Mirziyoevning maktubini topshirdi

2021 yil 27 fevral kuni Bishkek shahriga amaliy tashrif bilan kelgan O`zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov Qirg`iziston Respublikasi Prezidenti Sadir Japarov bilan uchrashdi.

Vazir O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoevning Qirg`iz Respublikasi Prezidenti Sadir Japarovga yo`llagan maktubini topshirdi.

Bo`lib o`tgan suhbat chog`ida tomonlar siyosiy, savdo-iqtisodiy, madaniy-gumanitar va boshqa sohalardagi ikki tomonlama munosabatlarning rivoji haqida fikr almashdilar.  

Markaziy Osiyoda so`nggi yillarda shakllangan xavfsizlik, barqarorlik va yaxshi qo`shnichilik muhitini yanada mustahkamlash masalalari ko`rib chiqildi.

Qayd etilganidek, bugun dengiz portlariga va yangi tashqi bozorlarga eng qisqa yo`l ochadigan transport yo`laklari tizimini shakllantirish uchun keng imkoniyatlar yaratilmoqdaki, bu, o`z navbatida, mintaqalararo savdo-sotiqning jadallashuvi, tranzit yuk tashuvlarini orttirish, xom-ashyo, asbob-uskunalar va tayyor mahsulotlarni tashish narxining pasayishiga xizmat qiladi.

Шарҳлар

Sadir Japarov O`zbekistondagi qirg`iz diasporasi vakillari bilan uchrashdi (foto)

12.03.2021, 00:34

Avvalroq, O`zbekiston – Qirg`iziston davlat rahbarlari OAV vakillari bilan uchrashgani haqida xabar bergan edik. Prezident Matbuot xizmatining xabar berishicha, tadbirlar yakuniga etgach, O`zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoev...
Abdulaziz Komilov amaliy tashrif bilan Moskvaga boradi

27.02.2021, 21:12

O`zbekiston tashqi ishlar vaziri amaliy tashrif bilan Moskvaga jo`nab ketmoqda. Ta`kidlanishicha, Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov bilan muzokaralar rejalashtirilgan. Bu haqda Rossiya TIV matbuot...
Abdulaziz Komilov Turkmaniston prezidentiga Shavkat Mirziyoevning maktubini topshirdi

17.02.2021, 17:31

2021yil 17 fevral kuni Ashxobod shahriga amaliy tashrif bilan kelgan O`zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov Turkmaniston Prezidenti Gurbanguli Berdimuxamedov tomonidan qabul qilindi. Bu...
Sadir Japarov aholiga kommunal xizmat ko`rsatish sifatini oshirishga qaratilgan farmonni imzoladi

10.02.2021, 16:47

Qirg`iziston Respublikasi Prezidenti Sadir Japarov "Aholiga davlat va kommunal xizmatlar ko`rsatish sifatini oshirish bo`yicha keyingi chora-tadbirlar to`g`risida" gi farmonni imzoladi. Bu haqda Qirg`iziston Prezidenti axborot...