my5
Sevimli

Oltiariq tumani hokimi bilan bog`liq holatga oydinlik kiritildi

Jamiyat 27.02.2021, 17:55
Теглар: Oltiariq
Oltiariq tumani hokimi bilan bog`liq holatga oydinlik kiritildi

Ijtimoiy tarmoqlarda Oltiariq tumani hokimi Xolmirza Niyozovning tumandagi Qiziltepa mahallasi ahli bilan axloqqa zid iboralar ishlatilgan holda muloqoti bo`lgani iddao etib tarqatilgan videolavha yuzasidan Farg`ona viloyati hokimligi tomonidan quyidagilar bayon qilinadi:

Oltiariq tumani Qiziltepa mahallasida yashovchilarning tuman hokimi ular bilan uchrashuvda ahloqqa zid iboralarni qo`llagani, hurmatsiz munosabatda bo`lgani haqidagi iddaolari yuzasidan o`rganish olib borish uchun xalq deputatlari Oltiariq tuman kengashining Odob-axloq komissiyasi tomonidan ishchi guruh tuzildi, o`rganish natijalari yuzasidan qo`shimcha ma`lumot beriladi.

Aholining tuman hokimi bilan bog`liq tanqidiy chiqishi ob`ekti bo`lgan hududdagi masjidni davlat ro`yxatidan o`tkazish masalasi bo`yicha quyidagilarni keltirib o`tish lozim:

Mamlakatimizda so`ngi yillarda barcha sohalar qatorida diniy-ma`naviy sohada ham islohotlar jadal amalga oshirib kelinmoqda. Jumladan, O`zbekiston Islom Universiteti Xalqaro Islom akademiyasiga aylantirildi, madrasalar 11 taga etkazildi, fiqh, hadis va aqoid maktablari faoliyati yo`lga qo`yildi, O`zbekiston musulmonlar idorasi tasarrufidagi diniy ta`lim muassasalariga talabalarni qabul qilish kvotalari ikki barobarga oshirildi. Bundan maqsad - fuqarolarimizga Islom dinining asl mohiyatini keng tushuntira oladigan imomlarni ko`plab tayyorlab, aholimizning xizmatiga yo`naltirishdir.

Ushbu islohotlar natijasida Respublikamiz hududida 2019 yil 16 ta, 2020 yil 13 ta yangi masjidlar ochildi va ushbu ishlar davom ettirilmoqda. Hozirgi kunda O`zbekistondagi masjidlar soni 2084 tani tashkil etmoqda.

Mana, bir necha kun avval viloyat Adliya boshqarmasi tomonidan O`zbekiston tumanidagi “O`qchi-dasht” MFYda joylashgan “O`qchi” masjidi ro`yxatdan o`tkazilib, uning ro`yxatdan o`tkazilgani to`g`risidagi guvohnoma topshirildi. Bu bilan Farg`ona viloyatidagi masjidlar soni esa 200 taga etdi. Kecha, 26 fevral kuni ushbu yangi jome` masjidda ilk juma namozi ko`tarinki kayfiyatda ado qilindi.  

Шарҳлар

Oltiariqda “Damas” yonib ketdi

10.02.2021, 17:21

Joriy yilning 9 fevral kuni soat 10:45 larda, Farg`ona viloyati, Oltiariq tumani, “Bo`rvonliq” MFY hududidan o`tgan avtomobil yo`lida, “Farg`ona-Qo`qon” yo`nalishida, yo`l chetida to`xtab turgan, 1967...
Oltiariqda qaynota  kuyovini kaltakladi

10.12.2019, 17:53

Farg`ona viloyati Oltiariq tumanida 2019 yil 23 noyabr kuni soat 19:40 larda Yangi hayot MFYda yashovchi M.X yashash uyida kuyovi Oltiariq tumani Yangiqo`rg`on m.f.yda yashovchi,...
Oltiariqda uy yonib ketib, 1 yoshli qizcha halok bo`ldi

08.11.2019, 11:45

Nosoz holdagi elektr isitish moslamasidan foydalanib, uni nazoratsiz qoldirilish ayanchli oqibatga olib keldi. Bu haqda FVV YoXBB OAV bilan hamkorlik qilish bo`linmasi ma`lum qilmoqda.2019 yilning...