O`zbekiston Respublikasi Prezidentining "2021 yilda rasmiy sanalarni nishonlash davrida qo‘shimcha ishlanmaydigan kunlarni belgilash va dam olish kunlarini ko‘chirish to‘g‘risida"gi Farmoniga muvofiq, o`zbekistonliklar Navro`z bayramida qatorasiga 3 kun dam oladi:
- 20 mart – shanba (qo`shimcha ishlanmaydigan kun);
- 21 mart – yakshanba (bayram kuni);
- 22 mart – dushanba (27 martdagi dam olish kuni ko`chirilgan).
Shuningdek, bu yil 8 mart dushanba kuniga to`g`ri keladi. Shu sabab o`zbekistonliklar mart oyida 4 kun dam oladi.