my5
Sevimli

Rejissyor Yolqin To`ychiev yangi filmini Kohirada tasvirga oladi

Madaniyat 28.02.2021, 14:19
Rejissyor Yolqin To`ychiev yangi filmini Kohirada tasvirga oladi

“O`zbekkino” Milliy agentligi buyurtmasiga binoan “Play this” kinostudiyasi tomonidan “Evrilish” badiiy filmi suratga olinadi. Bu haqda  agentlik Axborot xizmati xabar berdi.

Filmni xalqaro mukofotlar laureati, mahoratli rejissyor Yolqin To`ychiev suratga olmoqda. Hozirda ijodiy guruh Misrning Kohira shahrida kinofilmning tasvirga olish ob`ektlari bilan tanishishmoqda. U erda “Egyptian Media Production City” studiyasi vakillari bilan film bo`yicha muzokaralar boshlandi.  

Mazkur filmda bir inson hayotida kechgan sinovli daqiqalar va uning ruhiy kechinmalari hikoya qilinadi.  

Postanovkachi rejissyor va ssenariy muallifi Yolqin To`ychiev, postanovkachi operator Rustam Murodov, postanovkachi rassom Bektosh Rajabov, kartina direktori Shokir Nabiev.

Filmda Bahrom Matchonov, Jurabek Arziev, Igor Buxaidze, Evgeniy Moskvichev, Sardor Nozimov, Sabina Asanova, Sanobar Haqnazarova kabi mahoratli aktyorlar turli xarakterdagi rollarni ijro etishadi.

Film voqealari O`zbekiston, Afg`oniston, Qozog`iston, Rossiya, Misr va Angliya davlatlarida bo`lib o`tadi.

 

Шарҳлар