my5
Sevimli

Qon analizi nega topshiriladi?

Salomatlik 28.02.2021, 15:52
Qon analizi nega topshiriladi?

"Dori-darmon" Aksiyadorlik kompaniyasi Axborot xizmati javob beradi.

Umumiy qon tekshiruvi anemiya (kamqonlik), qon kasalliklari mavjudligini aniqlashga yordam beradi. Shuningdek, organizmda yallig`lanish va yuqumli kasalliklar bor-yo`qligini ko`rsatadi. Agar aniqlangan taqdirda, uning kelib chiqishi – virusli, bakteriyali yoki boshqa sabablarni aniqlashda qon tahlili asosiy o`rinni egallaydi.

Biokimyoviy qon tahlili patologiyalarni aniqlash, bir qator kasalliklarning dastlabki bosqichida oldini olish imkonini beradi. Bunday tahlil uchun qon venadan qorin och paytida olinishi kerak. Tadqiqotda fermentlar, oqsillar, lipidlar, uglevodlar va boshqa moddalar darajasi ko`rsatiladi. Ushbu tadqiqot yordamida yurak-qon tomir kasalliklarini aniqlash mumkin. Shifokorlar keksa yoshdagi odamlarga bir yilda 2 marta qon topshirishni tavsiya qiladi.  

 

Шарҳлар