Bugun, 28-fevral kuni — Guliston tumanida ikki boshli buzoqcha tug`ildi. Bu haqda "SIRDARYO XABARLARI"da xabar berildi.
Xabarda aytilishicha, hodisa Guliston tumani "Beshbuloq" mahallasidagi xonadonlarning birida sodir bo`lgan. Bu kabi noyob hodisa mazkur mahallada avval sodir bo`lmagan. Shuningdek, tarqalgan audioxabarga ko`ra, ushbu buzoqcha bugun 2021 yil 28-fevral kuni erta tongda tug`ilgan va uzoq vaqt yashay olmagan.