my5
Sevimli

O`zbekiston–Tojikiston chegaralari qachon ochiladi?

Siyosat 28.02.2021, 20:36
Теглар: Tojikiston
O`zbekiston–Tojikiston chegaralari qachon ochiladi?

Tojikiston va O`zbekiston Tashqi ishlar vazirliklari vakillari muzokaralar o`tkazdilar. Muzokaralar davomida ikki tomonlama hamkorlik muhokama qilindi.

Uchrashuvdan so`ng mintaqaviy ommaviy axborot vositalarida Tojikiston tashqi ishlar vazirining o`rinbosari Xusrav Noziri va O`zbekiston tashqi ishlar vazirining birinchi o`rinbosari Farhod Arziev chegaralarni ochish masalasini muhokama qilgani haqida ma`lumotlar paydo bo`ldi.

Xususan, Tojikiston va O`zbekiston o`rtasidagi quruqlik chegaralari Navro`z uchun ochiq bo`lishi mumkinligi haqida xabar berilgan.

"Biz O`zbekiston bilan juda yaqin va do`stona munosabatlarga egamiz. Biz transfer sohasida juda yaqin hamkorlik qilamiz va o`zaro aloqalarning dolzarb masalalarini muhokama qilamiz, ammo ikki davlat chegarasida quruqlikdan o`tish punktlarini ochish to`g`risida muzokaralar olib borilmayapti", dedi Tojikiston Transport vaziri Azim Ibrohim.

Шарҳлар

JSST Tojikistonda yangi epidemiya tarqalgani haqida xabar berdi

24.03.2021, 16:22

Butunjahon sog`liqni saqlash tashkiloti Tojikistonda poliomielit epidemiyasi tarqalganini e`lon qildi. Bu haqda Ria novosti xabar berdi. Xabarda aytilishicha, vaziyat favqulodda holat deb tasniflanadi, bu vaziyat...
Tojikistonda koronavirusga chalingan barcha fuqarolar davolandi

16.01.2021, 18:04

Tojikiston Respublikasida koronavirus infeksiyasiga chalingan barcha fuqarolar davolandi. Bu haqda CentralAsia mamlakat Sog`liqni saqlash vazirligiga tayanib xabar berdi.Xabarda aytilishicha, 13 yanvar kuni so`nggi 3 nafar...
Qayroqqum suv ombori buzilib ketgani haqidagi xabar ortidan sirdaryoliklar uylarini tark eta boshladi. Viloyat hokimi yarim tunda etib bordi (foto)

15.01.2021, 08:32

Sal avval xabar qilganimizdek, 2021 yil 14 yanvar kuni yarim tunda ijtimoiy tarmoqlar orqali Tojikiston Respublikasi hududida joylashgan Qayroqqum suv omborining yorilishi natijasida suv toshqini...
FVV Tojikistondagi suv ombori buzilib ketgani haqidagi xabar yuzasidan rasmiy ma`lumot berdi

15.01.2021, 08:24

2021 yil 14 yanvar kuni kechqurun ijtimoiy tarmoqlarda qo`shni Tojikiston hududida joylashgan Qayroqqum suv ombori buzilib ketganligi haqida ma`lumot tarqaldi.Ushbu ma`lumot yolg`on va hech qanday...