my5
Sevimli

Surxondaryoda opa-ukalar kelini va uning onasini o`ldirish uchun killer yolladi

Jinoyat 01.03.2021, 09:30
Surxondaryoda opa-ukalar kelini va uning onasini o`ldirish uchun killer yolladi

Surxondaryo viloyatining Denov tumanida opa-ukalar kelini va uning onasini o`ldirish uchun killer yollashdi. Bu haqda "xabar.uz" yozmoqda. 

Unga ko`ra, opa-ukalar muqaddam sudlangan va jazoni o`tab chiqqan fuqaroni bu ishga jalb etishga harakat qilishgan va «ish» bitgandan so`ng 3 million so`m berishni va`da qilganlar. 

Ammo «killer» o`z vaqtida bu haqda IIB xodimlariga ma`lum qilgan. Natijada sahnalashtirilgan «qotillik»dan so`ng, asl aybdorlar ushlandi. 

Ayni vaqtda ularga nisbatan qamoqqa olish ehtiyot chorasi qo`llangan. 

Шарҳлар