AsosiyJamiyat

Ushbu haftada bahor fasli biz uchun tayyorlab qo`ygan ob-havo bo`yicha to`liq ma`lumot

'Ushbu haftada bahor fasli biz uchun tayyorlab qo`ygan ob-havo bo`yicha to`liq ma`lumot'ning rasmi

Sinoptiklarning ma`lum qilishicha, bugun, bahor faslining birinchi kunida O`zbekiston hududi bo`yicha kam bulutli va quruq ob-havo saqlanib turadi. Havo harorati 13-18°iliq bo`ladi, bu me`yordan 2-4° ga yuqoridir.

Ertaga respublika hududlari bo`yicha kun davomida havo bulutli bo`lishi kutilmoqda. Buning hisobiga havo harorati kunduz kunlari biroz pasayadi va 10-15°iliqni tashkil etadi, ammo ob-havo hali ham yog`ingarchiliksiz bo`lishi saqlanib turadi.

3 martda respublika hududlariga Eron hududlaridan nam havo massalari kirib keladi, ko`pchilik viloyatlarda biroz yomg`ir yog`adi, faqat Buxoro va Navoiy viloyatlarida asosan yog`ingarchiliksiz ob-havo bo`lishi kutilmoqda. Shimoliy hududlarga Kavkaz hududlaridan sovuq havo massalari  kirib keladi va Qoraqalpog`istonda, Xorazm viloyatida kechasi va ertalab 3 martda biroz yog`ingarchilik (yomg`ir, qor) bo`lishi kuzatiladi.

4-5 martda O`zbekiston hududiga yana nam havo massalari kirib kelishi boshlanadi, buning natijasida barcha joylarda yomg`ir yog`adi, shimolda yog`ingarchilik (yomg`ir, qor) bo`ladi, tog`li hududlarda 4 martdan 5 martga o`tar kechasi ba`zi joylarda yog`ingarchilik kuchli bo`lishi mumkin. 5 martda Qoraqalpog`istonda, Xorazm, Buxoro, Navoiy viloyatlarida yog`ingarchilik kuzatilmaydi.

Havo harorati 3-5 martda kechasi 0-5° iliq, kunduz kuni 10-15° iliq atrofida bo`ladi, 5 martda 8-11° iliqgacha biroz pasayadi.
1-5 martda O`zbekistonning tog`li hududlarida qor ko`chishi xavfi saqlanib turadi.

3-6 MARTGA OB-HAVO PROGNOZI

QORAQALPOG`ISTON, XORAZM VILOYaTI
Havo o`zgarib turadi, 3 martda kechasi va ertalab ba`zi joylarda yog`ingarchilik (yomg`ir, qor) bo`lishi mumkin, 4 martda ba`zi joylarda yog`ing`archilik (yomg`ir, qor) bo`ladi, 5-6 martda yog`ingarchilik kutilmaydi. Ba`zi joylarga tuman tushishi mumkin. G`arbiy shamol yo`nalishini o`zgartirib, sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 4 martda ba`zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 3 martda kechasi 3-8° sovuq, kunduzi 0-5° sovuq; 4 va 6 martda kechasi 0-5° sovuq, kunduzi 5-10° iliq; 5 martda kechasi 3-8° sovuq, kunduzi 5-10° iliq bo`ladi.

BUXORO VA NAVOIY VILOYaTLARI
Havo o`zgarib turadi, 3 va 5 martda yog`ingarchilik kutilmaydi, 4 martda ba`zi joylarda yomg`ir yog`adi, 6 martda ba`zi joylarda yomg`ir yog`ishi mumkin. Ba`zi joylarga tuman tushishi mumkin. G`arbiy shamol yo`nalishini o`zgartirib, sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 4 martda ba`zi joylarda  15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 0-5° iliq, kunduzi 3-4 martda 10-15° iliq, 5 martda 8-13° iliq, 6 martda 6-11° iliq bo`ladi.

TOShKENT, SAMARQAND, JIZZAX, SIRDARYo VILOYaTLARI
Havo o`zgarib turadi, 3 martda ba`zi joylarda biroz yomg`ir yog`adi,  4-5 martda ba`zi joylarda yomg`ir yog`adi, 6 martda ba`zi joylarda yomg`ir yog`ishi mumkin. Ba`zi joylarga tuman tushishi mumkin. G`arbiy shamol yo`nalishini o`zgartirib, sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 4 martda ba`zi joylarda  15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 0-5° iliq, kunduzi 3-4 martda 10-15° iliq, 5-6 martda 8-13° iliq bo`ladi.

QAShQADARYo VA SURXONDARYo VILOYaTLARI
Havo o`zgarib turadi, 3 martda ba`zi joylarda biroz yomg`ir yog`adi,  4-5 martda ba`zi joylarda yomg`ir yog`adi, 6 martda ba`zi joylarda yomg`ir yog`ishi mumkin. Ba`zi joylarga tuman tushishi mumkin. G`arbiy shamol yo`nalishini o`zgartirib, sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi,
4 martda ba`zi joylarda  15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 2-7° iliq, kunduzi 3 martda 13-18° iliq, 4 martda 15-20° iliq, 5-6 martda 10-15° iliq bo`ladi.

ANDIJON, NAMANGAN, FARG`ONA VILOYaTLARI
Havo o`zgarib turadi, 3 martda ba`zi joylarda biroz yomg`ir yog`adi,  4-5 martda ba`zi joylarda yomg`ir yog`adi, 6 martda ba`zi joylarda yomg`ir yog`ishi mumkin. Ba`zi joylarga tuman tushishi mumkin. G`arbiy shamol yo`nalishini o`zgartirib, sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi,
4 martda ba`zi joylarda  15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 0-5° iliq, kunduzi 6-11° iliq, faqat 4 martda kunduzi 8-13° iliq bo`ladi.

RESPUBLIKANING TOG`LI HUDUDLARI
Havo o`zgarib turadi, ba`zi joylarda yog`ingarchilik (yomg`ir, qor) bo`ladi. Ba`zi joylarga tuman tushishi mumkin. G`arbiy shamol yo`nalishini o`zgartirib, sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 4 martda ba`zi joylarda  15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi
0-5° sovuq, kunduzi 3 martda 0-5° iliq, 4 martda 3-8° iliq bo`ladi, 5-6 martda 0-5° sovuqgacha pasayadi.
 

    Boshqa yangiliklar