AsosiyJamiyat

“Farg`ona yo`lidagi savodsiz GAI xodimi” uchun xizmat tekshiruvi o`tkazilmoqda

'“Farg`ona yo`lidagi savodsiz GAI xodimi” uchun xizmat tekshiruvi o`tkazilmoqda'ning rasmi

28 fevral kuni ijtimoiy tarmoqda “Farg`ona yo`lidagi savodsiz GAI xodimi” sarlavhasi ostidagi video lavha tarqaldi.

Holat yuzasidan O`zbekiston Respublikasi IIV YHXBB Rasmiy Munosabat bildirdi.

Video lavha o`rganilganda, joriy yilning 27 fevral kuni Toshkent shahar IIBB YHXB YPX xodimi S.Madaminov Mirobod tumani, Yangi Qo`yliq ko`chasida xizmat olib borayotgan vaqtida Qo`yliq bozori tomonidan Farg`ona yo`li ko`chasi bo`ylab harakatlanib kelib, Yangi Qo`yliq ko`chasiga burilgan “Kobalt” rusumli avtomobil haydovchisini to`xtatgan.

Xodim va haydovchi o`rtasidagi o`zaro muloqot haydovchi tomonidan video tasvirga olinib ijtimoiy tarmoqda tarqatilgan.

Video lavhada, YPX xodimi xato va kamchiliklarga yo`l qo`yganligi holati aks etgan.

Mazkur holat yuzasidan Toshkent shahar IIBB YHXB tomonidan xizmat tekshiruvi o`tkazilmoqda. 

    Boshqa yangiliklar