Долзарб мавзулар Foto

Yangi iPhone qachon sotuvga chiqishi ma`lum bo`ldi

Бўлимлар: Hi-tech
Теглар:
Добавлено: 15.02.2016, 14:44

Apple kompaniyasi yangi iPhone va iPad`ning sotuvga chiqish sanasini ma`lum qildi, deb xabar beradi “Vesti”.

Unga ko`ra kompaniya yangi mahsulotlari sotuviga 18 mart kuni start beradi. 

Yangi 4 dyuymli ekranga ega iPhone 5se smartfoni 2013 yilda sotuvga chiqarilgan iPhone 5s smartfonidan birmuncha zamonaviy ko`rinishi bilan farq qiladi. 

Yangi iPhone xuddi  iPhone 5s smartfonidagi kabi 4 dyuymli ekranga, iPhone 6`dagi kabi prosessor va kameraga, iPhone 6s`dagidek kommunikasion chiplarga ega bo`lishi kutilmoqda. Qurilma, shuningdek pulli funksiya Apple Pay va “jonli foto” funksiyasi Live Photos`ni o`qishga mo`ljallangan NFC chipi bilan jihozlanadi.

Qurilma Apple iPhone 5s smartfoni o`rnini egallaydi va xuddi uning narxida sotiladi.

iPhone 5se smartfonidan tashqari 18 mart kuni kompaniyaning iPad Air 3 yangi planshetlari ham sotuvga chiqariladi.

Google+
WhatsApp
VK
Telegram

Комментарии

SUG'DIYONA