AsosiySiyosat

Shavkat Mirziyoev maslahatchisi Suma Chakrabarti bilan uchrashdi

'Shavkat Mirziyoev maslahatchisi Suma Chakrabarti bilan uchrashdi'ning rasmi

Prezident Shavkat Mirziyoev 2 mart kuni o`zining iqtisodiy taraqqiyot, samarali boshqaruv va xalqaro hamkorlik masalalari bo`yicha maslahatchisi Suma Chakrabartini qabul qildi. Bu haqda Prezident Axborot xizmati xabar berdi. 

Uchrashuvda maslahatchi Chakrabartining O`zbekistondagi iqtisodiy islohotlarning uzoq muddatli istiqbolga mo`ljallangan strategiyasini tayyorlash, davlat boshqaruvi tizimini takomillashtirish, mamlakatimizning xorijiy sheriklar bilan o`zaro manfaatli munosabatlarini kengaytirish borasidagi taklif va tavsiyalari ko`rib chiqildi.

Davlatimiz rahbari “yo`l xaritasi” va ustuvor yo`nalishlar bo`yicha boshqa muhim konseptual hujjatlarni birgalikda puxta tayyorlashni davom ettirish va keyinchalik ularni amalga oshirish zarurligini ta`kidladi.

Investisiya va ishbilarmonlik muhitini yanada yaxshilash, davlat ulushi mavjud korxonalarni transformasiya qilish, yuqori malakali kadrlarni tayyorlash masalalariga alohida e`tibor qaratildi.

Eslatib o`tamiz, Suma Chakrabarti O`zbekiston Prezidentining maslahatchisi etib tayinlanishidan avval sakkiz yil davomida Evropa tiklanish va taraqqiyot banki prezidenti lavozimida faoliyat yuritgan.

    Boshqa yangiliklar