«Inter» hujumchisi Romelu Lukaku A Seriyada o`tgan oyning eng yaxshi o`yinchisi deb topildi.
Belgiyalik futbolchi fevralda 4ta bahsda maydonga tushib, 4ta gol va 3ta assistni o`z hisobiga yozdirib qo`ydi.
Lukaku bu mavsumda 18ta gol bilan to`purarlar ro`yxatida «Yuventus» hujumchisi Krishtianu Ronaldudan (19) keyingi o`rinni egallab turibdi.