Rossiya Prezidenti Vladimir Putin SSSRning birinchi va yagona Prezidenti Mixail Gorbachyovni 90 yoshi bilan tabrikladi. Tabrik telegrammasi Kreml matbuot xizmati tomonidan nashr etildi.
Putinning so`zlariga ko`ra, SSSRning sobiq prezidenti milliy va jahon tarixiga katta hissa qo`shgan, g`ayrioddiy shaxs va taniqli siyosiy arbobdir. Gorbachyov bugun, 2 mart kuni 90 yoshga to`ldi.
Putin Gorbachyovni favqulodda shaxs, mamlakat va dunyo tarixining rivojlanishiga katta ta`sir ko`rsatgan taniqli siyosiy arbob deb atadi.
Rossiya Bosh vaziri Mixail Mishustin ham Gorbachevni tug`ilgan kuni bilan tabrikladi. Hukumat rahbarining ta`kidlashicha, SSSR prezidentining nomi butun dunyo bo`ylab "global o`zgarishlarning personifikasiyasi" ga aylangan.