O`zbekistonning Istanbul shahridagi Bosh konsulxonasi Turkiya Respublikasiga vaqtincha yoki doimiy yashash maqsadida tashrif buyurishdan avval O`zbekiston davlat va xususiy idoralaridan olingan barcha hujjatlarni apostil qilishni tavsiya qilmoqda.
O`zbekiston Respublikasining quyidagi vakolatli tashkilotlarida xujjatlarga Apostil qo`yiladi:
• O`zbekiston Respublikasi Adliya vazirligida - sudlar, adliya organlari va muassasalaridan chiqadigan rasmiy hujjatlar bo`yicha;
• O`zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasida - prokuratura, tergov va surishtiruv organlaridan chiqadigan rasmiy hujjatlar bo`yicha;
• O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazida - ta`lim va fan sohasi tashkilotlaridan chiqadigan rasmiy hujjatlar bo`yicha;
• O`zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligida - sudlanmaganlik va boshqa rasmiy hujjatlar bo`yicha.
Izoh: O`zbekiston Respublikasining Istanbul shahridagi Bosh konsulxonasi hozirgi kunda, faqatgina O`zbekistonning FHDYo organlaridan olingan guvohnomalarni nusxasini tasdiqlash imkoniga ega ya`ni, nikoh tuzilganligi, tug`ilganlik hamda o`lim haqidagi guvohnomalar.