Му5
50

Toshkent avtobuslariga Wi-Fi o`rnatish loyihasi sinovdan muvaffaqiyatli o`tdi

Jamiyat 15.02.2016, 15:56
2951
Toshkent avtobuslariga Wi-Fi o`rnatish loyihasi sinovdan muvaffaqiyatli o`tdi

Toshkent shahridagi avtobuslarni Wi-Fi tarmog`i bo`yicha simsiz internet bilan ta`minlash loyihasi doirasida 14-yo`nalishdagi to`rtta avtobus sinov rejimida internet-uskunalar bilan jihozlandi. Bu haqda “Toshshahartransxizmat” aksiyadorlik kompaniyasi matbuot xizmati xabar bermoqda

Sinovning dastlabki bosqichi muvaffaqiyatli kechdi. Undan ko`zlangan maqsad internet tarmog`iga ulanish parametrlarini tekshirishdan iborat bo`ldi.

Joriy yilning fevral-mart oyida yakuniy sinovlarni o`tkazish rejalashtirilmoqda. Sinovlar muvaffaqiyatli kechib, uskunalar sozlanganidan so`ng loyiha to`liq ko`lamda ishga tushiriladi va poytaxt jamoatchilik transporti yo`lovchilari Wi-Fi bo`yicha bepul internetdan foydalanishi mumkin bo`ladi.

Ma`lumot uchun, Toshkentdagi 14-yo`nalishdagi to`rtta avtobusda 3 fevraldan bepul Wi-Fi tarmog`i  ishga tushirildi.

Шарҳлар