my5
Sevimli

“Baron-2” filmining yangi epizodlari suratga olinadi

Madaniyat 03.03.2021, 10:40
“Baron-2” filmining yangi epizodlari suratga olinadi

“O`zbekkino” Milliy agentligi buyurtmasiga binoan suratga olinayotgan, ammo pandemiya sabab to`xtab qolgan “Baron-2" filmining Rossiya-Suriya munosabatlariga bag`ishlangan qismini tasvirga olish ishlariga tayyorgarlik jarayonlari boshlandi. Bu haqda  “O`zbekkino” Milliy agentligi Axborot xizmati xabar bermoqda. 

Bu haqda film rejissyori Rustam Sagdiev shunday dedi:

– Filmning Rossiya-Suriya munosabatlari haqidagi qismida harbiy jurnalistlar Anton Stepanenko va Evgeniy Poddubniylarning jurnalist rolini ijro etishlari rejalashtirilgan. Ushbu qahramonlar orqali urush o`chog`ida turib, harbiy harakatlar vaqtida ro`y berayotgan real voqealarni yoritgan jurnalistlarning mahorati ko`rsatib beriladi.

Rossiyalik hamkorlarning taklifiga ko`ra, rejissyor  Rustam Sagdiev  ijodiy guruh bilan Moskvaga tashrif buyurdi. Tashrif chog`ida rejissyor rossiyalik harbiy jurnalist Anton Stepanenko bilan uchrashdi.

"O`zbekkino" bunday terroristik intervensiyani fosh qiluvchi, ichki mexanizmlarni ochib beruvchi kartinani suratga olishga qaror qilganidan xursandman. Film jamoasining axborotlarni ishonchli bo`lishiga e`tibor qaratayotganligi, jurnalistlarning urush maydonidan turib efir uchun materiallar qanday tayyorlanishini tomoshabinga etkazib berishga urinayotgani mamnun qildi. Agar pandemiya bo`lmaganida, film allaqachon yakunlangan va efirga ketgan bo`lardi. Hozir vaziyat ancha barqarorlashgan, yaqin kunlarda filmni suratga olish ishlari o`z nihoyasiga etadi" - deya izoh berdi Anton Stepanenko.

Shuni aytish joyizki, Anton Stepanenko  va Evgeniy Poddubniy filmdagi harbiy harakatlar bo`yicha maslahatchi hamdir.

 

Шарҳлар