2020 yilda 656 347 kishi (2019 yilda 497 817 kishi) Rossiya Federasiyasi fuqaroligiga qabul qilinib, rekord ko`rsatkich qayd etilgan.
Ma`lumotlarga ko`ra, so`nggi yillarda ushbu davlat fuqaroligini olganlar soni o`sib bormoqda.
O`tgan bir yilda Rossiya pasportiga ega bo`lganlarning 3,5 foizi yoki 23 ming kishi O`zbekistonning sobiq fuqarolari hisoblanadi.
O`zbekistonga qo`shni davlatlar – Tojikistondan 63,4 ming va Qozog`istondan 43,4 ming kishi Rossiya fuqarolari safiga qo`shilgan.
Shuningdek, 10 millionga yaqin chet el fuqarolari yoki fuqaroligi bo`lmagan shaxslar migrasion ro`yxatga qo`yilgan.
Ma`lumot o`rnida shuni aytish joizki, mamlakatimizda bir shaxs ham O`zbekiston, ham boshqa davlat fuqaroligida yurishi mumkin emas.