Koronavirusga qarshi kurash shtabi a`zosi Nurmat Otabekov koronavirusga qarshi navbatsiz emlanish istagini bildirgan fuqarolar virusga qarshi pullik emlanishi mumkinligini bildirdi. Bu haqda «Zamon»informasion dasturida habar berildi.
Ma`lum qilinishicha, davlat tibbiyot muassasasida emlanadigan aholining hammasi 100 foiz bepul emlanadi. Qachonki aholi emlanish istagini bildirsa va emlash xohish nuqtai nazaridan ertaroq, navbat kutmasdan o`z imkoniyatlarini ishga solib emlanadigan bo`lsa, pullik bo`lishi mumkin.
«Bu kasallik bo`yicha epidemik ko`rsatmaga muvofiq emlash jarayoni ketyapti. Asosiy xohish — koronavirus kasalligi bo`yicha vaziyatni barqaror ushlash kasallikni respublika hududida kamaytirish, qolaversa yo`q qilish. Shu nuqtai nazardan hozirgi bosqichda bu vaksinalarning xarajatlari byudjet hisobidan qoplanadi. Lekin aholining xavfosti guruhiga mansub qismi bu kasallikka qarshi davlat hisobidan emlanishi to`g`ri hisoblanadi», — dedi Nurmat Otabekov.