AsosiyJamiyat

Vaqf fondi koronavirus sabab vafot etgan qoraqalpog`istonlik imom-noibning oilasiga uy hadya qildi

'Vaqf fondi koronavirus sabab vafot etgan qoraqalpog`istonlik imom-noibning oilasiga uy hadya qildi'ning rasmi

Joriy yilning 1-2 mart kunlari Vaqf xayriya jamoat fondi rahbari Yahyo qori Abdurahmonov, Qoraqalpog`iston Respublikasiga tashrif buyurib, bir qancha xayriya tadbirlarini amalga oshirgan.

Jumladan, Qo`ng`irot tumani “Hakim Sulaymon” jome masjidi imom-noibi bo`lib islom ma`rifatini yoyishda jonbozlik ila mehnat qilgan, pandemiya davrida “Covid” sabab vafot etgan Mahammad-Ali qori Mamutovning oila a`zolari – ayoli va uch nafar voyaga etmagan go`dak farzandlariga, Nukus shahrida qurib bitkazilgan barcha qulayliklarga ega ko`p qavatli uylardan, 3 xonali yangi xonadon, homiylarni jalb qilgan holda hadya qilindi.

Zotan, mamlakatimizdagi masjid xodimlarini, xususan imom-xatiblar, imom noiblari, mutavallilar, muazzinlarni moddiy va ijtimoiy qo`llab-quvvatlash, fondning asosiy vazifalaridan hisoblanadi.

"Alloh taolo bizni og`ir musibat bilan sinadi. Uchta go`dak etimlarim bilan ijarada, nima qilishga hayron bo`lib mahzunlikda yashardim. Ammo, Allohdan takror va takror yolvorib so`radim, umid qildim. Shukrlar bo`lsinki, o`zim kutmagan vaqtda, Vaqf fondi tomonidan bugun bizga, Nukus shahri markazidan, tayyor, uy-ro`zg`or buyumlari va mebellari bilan 3 xonali yangi xonadon hadya qilindi. Buning uchun fond rahbar-xodimlariga, xayriya qilgan insonlarga rahmat deyman. Insha alloh farzandlarimni ham huddi otasi kabi dinga, xalqqa, vatanga xizmat qiladigan inson bo`lib ulg`ayishiga harakat qilaman”, deydi, marhum imom-noibning ayoli.

 

Boshqa yangiliklar