26 fevral kuni Toshkentda odam savdosi jinoyatiga chek qo`yildi. Bu haqda O`zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti xabar qildi.
Ma`lum qilinishicha, 21 yoshli Umida A., 18 yoshli Gulshoda B. va 30 yoshli Iroda B.lar viloyat IIB boshlig`i nomiga ariza bilan murojaat qilib, unda “Asadbek” ismli shaxs ularni Turkiya davlatiga haq evaziga fohishalik bilan shug`ullanib, bir yilda uy, avtomashina olishlari mumkinligiga qiziqtirib, o`zining hisobidan avia chiptalarni sotib olib, ularni “Islom Karimov” nomidagi Toshkent xalqaro aeroporti orqali yuborish maqsadida yo`lovchi taksi avtomashinasida olib ketayotgan vaqtida Do`stlik tumani “Manas” YHXB maskanida ushlanib, uning yonidan ushbu fuqarolarga tegishli xorijga chiqish pasportlari, avia chipta hamda “Covid-2019” tibbiy ma`lumotnomalari ashyoviy dalil tariqasida rasmiylashtirib olingan.
Olib borilgan tergovga qadar tekshiruv harakatlari davomida, ushbu jinoyatni 21 yoshli Asadbek B., sodir etganligi aniqlangan.
Mazkur holat yuzasidan Do`stlik tumani IIB huzuridagi Tergov guruhi tomonidan Asadbek B.,ga nisbatan O`zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksning 135-moddasi 2-qismi “b” bandi (Odam savdosi) bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib, gumon qilinuvchi tariqasida jalb qilingan.
Hozirda, Asadbek B., muqaddam ushbu turdagi jinoyatlarni sodir qilib, yurtdoshlarimizni chet elga shahvoniy niyatlarda yuborgan holatlari bor yoki yo`qligini aniqlash maqsadida tergov harakatlari olib borilmoqda.