AsosiyDunyo

Rossiyada mart oyidan o`zbek tilidagi 12 ta telekanal faoliyatini boshlaydi

'Rossiyada mart oyidan o`zbek tilidagi 12 ta telekanal faoliyatini boshlaydi'ning rasmi

SPB TV kompaniyasi O`zbekiston milliy teleradiokompaniyasi bilan Mustaqil Davlatlar Hamdo`stligi hududida o`zbek tilidagi telemahsulotlarni tarqatish to`g`risida shartnoma imzoladi, Bu haqda TASS xabar bermoqda.

Kanallarning efirga uzatilishi mart oyida Rossiya va MDHning turli OTT TV-platformalarida amalga oshiriladi. Ma`lum qilinishicha, birinchi marta o`zbek tilidagi telemahsulotlar Rossiya va MDH mamlakatlaridagi televizion platformalarga rasmiy kirish huquqini oladi. Rossiya va MDH mamlakatlari bo`ylab auditoriya kamida 2,5 million tomoshabinni tashkil qiladi, deyilmoqda xabarda.

Qayd etilishicha, tomoshabinlarga O`zbekistonning 12 ta milliy kanalini ko`rish imkoniyati taqdim etiladi. Ular orasida sport, yangiliklar, ommabop, ko`ngilochar dasturlarga mo`ljallangan kanallar bo`ladi. Teleko`rsatuvlarni xohlagan vositalar, masalan  mobil ekranlar, planshetlar, personal kompyuter va SmartTV orqali tomosha qilish mumkin. Shuningdek, turli hududda o`z qiziqishlariga qarab, reklama joylashtirish ham mumkin bo`ladi.

SPB TV bosh direktori Kirill Filippovga ko`ra, hozirda 2 milliondan ortiq O`zbekiston fuqarosi Rossiyada yashaydi.

"Ushbu auditoriya o`z ona tilidagi kontentdan ajratib qo`yilgan edi. Bizning MTRK bilan kelishuvimiz bu muammoni hal qiladi. Ishonamanki, o`zbek tilidagi sifatli va xilma-xil kontent talabga javob beradi va pul ishlash uchun yangi istiqbollarni ochib beradi", — degan Kirill Filippov.

    Boshqa yangiliklar