AsosiyDunyo

Italiyada koronavirusning «nigeriyalik» turi topildi. Vaksinalar unga qarshi samarasiz bo`lishi mumkin

'Italiyada koronavirusning «nigeriyalik» turi topildi. Vaksinalar unga qarshi samarasiz bo`lishi mumkin'ning rasmi

Italiyalik mikrobiologlar mamlakat shimolida, Lombardiya viloyatida SARS-CoV-2 koronavirusining «Nigeriya» turini topdilar. Bu haqda Ria novosti xabar qildi.

Ta`kidlanishicha, olimlar mavjud vaksinalar unga qarshi samarasiz bo`lib qolishidan qo`rqishadi.

"Bu hozirgi paytda, asosan, Afrikada, ya`ni Nigeriyada tarqalayotgan noyob variant. Ammo, butun dunyo bo`ylab dalillar mavjud. Bular kam bo`lsada, ularning soni ko`paymoqda", - dedi Italiya Jamiyati prezidenti, virusologiya fanlari doktori, professor Arnaldo Karuzo.

Unga ko`ra, «nigeriyalik» shtamm tasodifan topilgan. 

"Ilmiy jihatdan, endi virusni ajratib olib, ushbu shtammning asl varianti va boshqa ma`lum bo`lgan mutasiyalarga nisbatan ko`proq yoki kamroq tajovuzkorligini baholashimiz juda muhimdir. Va u emlash natijasida kelib chiqadigan antikorlarga chidamli bo`ladimi", deya qo`shimcha qildi Karuzo. 

Uning ta`kidlashicha, ushbu shtamm mutasiyalar bilan ajralib turadi, unga qarshi mavjud vaksinalar samarasiz bo`lishi mumkin. 

O`tgan yozda Bressiyalik mikrobiologlar koronavirusning ikkita yangi variantini aniqlashga muvaffaq bo`lishdi, ammo ularning har ikkalasida ham asl variantga nisbatan patogen salohiyat sezilarli darajada kam edi. Bu, o`shanda italiyalik mutaxassislar o`ylaganidek, virusning zaiflashuvidan dalolat beradi.

Nigeriyada yangi koronavirus turining paydo bo`lishi dekabr oyi oxirida ma`lum bo`ldi. Afrikalik kasalliklarni nazorat qilish va oldini olish markazining ma`lumotlariga ko`ra, Nigeriyaning Osun shtatida ikkita bemorning namunalarini tekshirishda yangi variant topildi.

Italiyada koronavirusning uchta  - «Britaniya», «Braziliya» va "Janubiy Afrika" turi aniqlandi. ikkala variant ham Lombardiyada yanvar oxiri va fevral oyi boshlarida topilgan. Ushbu hududning tibbiy ma`muriyatining ma`lumotlariga ko`ra, hozirda uning hududida koronavirusning ushbu variantlari ulushi 60 foizdan oshgan, holbuki ikki hafta oldin bu uning yarmi edi. Bunday holda, Lombardiyada virusning dominant turi uning «britancha» navidir.

Avvalroq, dekabr oyining o`rtalarida Buyuk Britaniyada koronavirus mutasiyasi - VUI-202012/01 topilgan edi. Keyinchalik u asl nusxadan 56-70 foizga tezroq tarqalishi ma`lum bo`ldi. Shuningdek, ushbu shtamm bemorlarda o`limga olib kelishi ehtimoli yuqori deb taxmin qilingan.

    Boshqa yangiliklar