my5
Sevimli

Otabek Umarovning ahvoli qanday? Ma`lum qilinishicha u hozir...

Jamiyat 05.03.2021, 13:10
Otabek Umarovning ahvoli qanday? Ma`lum qilinishicha u hozir...

Ommaviy axborot vositalarida prezidentning kuyovi Otabek Umarov deyarli uch hafta oldin motosiklda YTHga uchragani haqida ma`lumot paydo bo`ldi. Ma`lumotlarga ko`ra, u Janubiy Koreyada davolanmoqda:

13 fevral kuni Pushkin metrosining atrofida kechki soat 18:00 - 18:30 larda  sodir bo`lgan YTH Otabek Umarov motosikli bilan kelib urilgan Epica avtomobilining egasi Bobir Mamatov bo`lgan.

"GAI xodimlari keldi, olib ketdi" degan xabarlarning barchasi yolg`on hisoblanadi, - dedi B.Mamatov - Asosiysi, meni o`lganim ham yolg`on. Ollohga ming shukur men soppa-sog`man.

Ijtimoiy tarmoqlarda o`zim haqimda turli yolg`on ma`lumotlarni eshitdim, o`qidim. Rostini aytsam, Otabek Umarovni o`zim mashinamda kasalxonaga olib borganman. U xavotir oladigan darajada og`ir jarohatlanmagan edi.

Otabek Umarovning yaqinlari bergan ma`lumotga ko`ra, u hozirda Janubiy Koreyada davolanmoqda. 

 «Gazeta.uz»ning yozishicha, tahririyat YTH tavsilotlari borasida prezident ma`muriyati, SSV va Toshkent IIBga so`rovlari yuborgan, ammo ularning bari javobsiz qolgan. Hodisa haqida hozircha rasmiy xabarlar berilmagan.

Rasmiy ma`lumotlarning mavjud emasligi fonida, voqea sodir bo`lganida jarohat olgan Epica avtomobili haydovchisining o`limi haqida mish-mishlar tarqaldi. O`zini ushbu avtomobil haydovchisi deb tanishtirgan Bobur Mamatov «Korrespondent»ga bergan intervyusida ushbu ma`lumotni rad etdi. Shuningdek, u o`zi motosikl haydovchisini kasalxonaga olib borganini aytib, o`sha paytda u kim ekanligini bilmaganligini ta`kidladi.

Mustaqillik shoh ko`chasida motosikllarning harakati taqiqlangan.

Bugun, 5 mart kuni deputat Rasul Kusherbaev o`zining Telegram-kanalida, «istaymizmi yo`qmi har qanday axborot tekshirilishi bilan o`z haqqoniy qiymatiga ega», deb yozdi. «Biror rasmiy idoraning ma`lumoti e`lon qilinmaguncha turli tahmin va fikrlarni asos yohud yuridik fakt sifatida qabul qilib bo`lmaydi».

Deputatning fikricha, Otabek Umarovning sog`ligi masalasi so`nggi vaqtlarda ko`proq siyosiy qolipga ko`chirilmoqda: 

«Hurmatli Otabek Umarovning sog`ligi masalasi ham afsuski so`nggi vaqtlarda ko`proq siyosiy qolipga ko`chirilayapti? Ochig`i tushunmayapman: bir kishining avtohalokatga uchrashi va davolanishi shunchalar g`ayritabiiy xodisami.», — deya qo`shimcha qilib, Otabek Umarovga sog`liq tiladi.

Шарҳлар