AsosiyDunyo

Isroil koronavirus ustidan g`alaba qozongan dunyodagi birinchi davlatga aylandi.

'Isroil koronavirus ustidan g`alaba qozongan dunyodagi birinchi davlatga aylandi.'ning rasmi

Isroil koronavirusga qarshi tezkor va samarali emlash kampaniyasini o`tkazgani evaziga dunyoda koronavirus ustidan g`alaba qozongan birinchi davlatga aylandi. Bu haqda Isroil bosh vaziri Benyamin Netanyaxu aytib o`tdi.  

The Times Of Israel nashrining xabar berishicha, Netanyaxu AQSh telekanaliga koronavirusga qarshi emlanganlarga beriluvchi “yashil COVID-pasportlar” haqida intervyu bergan.

“Isroil “korona”dan chiqqan birinchi davlatga aylandi. Ushbu “yashil pasport” bilan restoran, teatr, sport tadbirlariga bora olasiz”, deb ta`kidlab o`tgan Isroil etakchisi.

Uning aytishicha, Isroil mart oxirigacha mamlakatning barcha katta yoshli aholisini koronavirusga qarshi emlashni va aprelga kelib chegaralarni to`liq ochishni rejalashtirmoqda.

    Boshqa yangiliklar