my5
Sevimli

Turkiyada harbiy vertolyot quladi

Dunyo 05.03.2021, 14:32
Turkiyada harbiy vertolyot quladi

Turkiyaning sharqida yuz bergan ushbu halokat oqibatida 11 nafar harbiy xizmatchi qurbon bo`lgan, yana uch nafar askar jarohat olgan, deyiladi RIA Novostining Turkiya mudofaa vazirligi bergan ma`lumotiga tayanib tarqatgan xabarida.

"Cougar toifasidagi vertolyot Bingelyadan Tatvanga qarab uchgan. Harbiy vertolyotni qidirish uchun zudlik bilan uzi uchar qurilmalar, CN-235 samolyoti va vertolyot jo`natilgan. Natijada vertolyot halokatga uchragan joy aniqlandi", – deb xabar berdi vazirlik.

Dastlabki ma`lumotlarga ko`ra, halokatga mazkur hududdagi noqulay ob-havo yoki vertolyotning texnik nosozligi sabab bo`lgan.

Halok bo`lganlar orasida Turkiya quriqlikdagi qo`shinlarining sakkizinchi korpusi qo`mondoni general Osman Erbash ham borligi aytilmoqda.

Fojea Bitlis viloyatining chiqib bo`lmaydigan tog`li hududida sodir bo`lgan.

Шарҳлар