AsosiyIqtisodiyot

Yanvar oyida qaysi hudud ko`proq pomidor eksport qilgan?

'Yanvar oyida qaysi hudud ko`proq pomidor eksport qilgan?'ning rasmi

O`zbekistonda yanvar oyida xorijiy davlatlarga pomidor eksport qilgan hududlar ma`lum qilindi.

Qayd etilishicha, eng ko`p Sirdaryo viloyati 1,7 ming tonna pomidorni xorijga eksport qilgan.

Davlat statistika qo`mitasi ma`lumotlariga ko`ra, xorijiy davlatlarga pomidor eksport qilgan hududlar:

  • Buxoro viloyati – 1,5 ming tonna
  • Xorazm viloyati – 964,7 tonna
  • Toshkent viloyati – 718,0 tonna
  • Surxondaryo viloyati – 717,1 tonna
  • Jizzax viloyati – 355,8 tonna
  • Namangan viloyati – 324,2 tonna
  • Andijon viloyati – 286,9 tonna
  • Toshkent shahri – 247,9 tonna
  • Samarqand viloyati – 233,5 tonna
  • Farg`ona viloyati – 184,0 tonna
  • Qoraqalpog`iston R. – 77,7 tonna
  • Navoiy viloyati – 65,4 tonna
  • Qashqadaryo viloyati – 3,5 tonna

Shuningdek, O`zbekiston yanvar oyida qiymati 4,9 million AQSh dollariga teng bo`lgan 7,4 ming tonna pomidor eksport qilgan.

Boshqa yangiliklar