AsosiyJamiyat

Yurtimiz chegarasini so`nggi ikki oyda kesib o`tgan qancha yo`lovchida koronavirus aniqlangani ma`lum bo`ldi

'Yurtimiz chegarasini so`nggi ikki oyda kesib o`tgan qancha yo`lovchida koronavirus aniqlangani ma`lum bo`ldi'ning rasmi

Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmati boshlig`i o`rinbosari Botir Qurbonov O`zbekiston chegarasini ikki oyda 378 mingdan ortiq yo`lovchi kesib o`tganini ma`lum qildi.

Xabarga ko`ra, 2020 yilning 25 dekabridan to bugungi kungacha xalqaro aeroportlar orqali 708 ta samolyot, temir yo`llar orqali 8 ta poezd va avtomobil yo`llari orqali 70 340 ta avtotransport respublika hududiga kirib kelgan. Ushbu kirib kelgan transportlar yordam 378 454 nafar yo`lovchi tibbiy sanitariya ko`rigidan o`tkazilgan bo`lsa, ulardan 131 874 nafari chet el fuqarolaridir.

Qayd etilishicha, kirib kelgan 325303 nafar yo`lovchi va avtotransport haydovchilaridan koronavirus infeksiyasiga namuna olingan bo`lib, ulardan 173 nafarida ekspress usulida musbat natija aniqlangan. Jumladan, aviayo`lovchilarning 72 nafarida, avtomobil yo`llari orqali kelgan yo`lovchi va xalqaro yuk tashuvchilarning 101 nafarida musbat natija aniqlangan.

Boshqa yangiliklar