FVV Seysmoprognostik monitoring Respublika markazining xabar qilishicha, 2021 yil 6 mart kuni Toshkent vaqti bilan 06:04 da O`zbekiston-Qirg`iziston chegarasida zilzila sodir bo`ldi. Zilzila koordinatalari: 40,24 gradus shimoliy kenglik; 71,88 gradus sharqiy uzunlik. Magnituda M=4. Chuqurlik 13 km. Zilzila episentridan Toshkentgacha masofa 252 km janubiy-sharqiy yo`nalish bo`yicha.
Zilzila O`zbekiston hududida:
Namangan : 86 km, 2 ball.
Andijon : 72 km, 2 ball.
Farg`ona : 18 km, 4 ball.