my5
Sevimli

Qashqadaryoda «Nexia» halokatga uchrab, yonib ketdi

Jamiyat 07.03.2021, 21:25
Теглар: Qashqadaryo, Nexia
Qashqadaryoda «Nexia» halokatga uchrab, yonib ketdi

Qashqadaryo viloyati G`uzor tumanida 2021 yil 3 mart kuni «Nexia» halokatga uchrab, yonib ketgan va voqea joyida uch yigit halok bo`lgan. Bu haqda viloyat ichki ishlar boshqarmasi axborot xizmati xabar berdi.

Ma`lum qilinishicha, soat 04:45 atrofida, Qashqadaryo viloyati IIB YHXB navbatchilik qismiga hodisa haqida xabar kelib tushgan. Unga ko`ra, G`uzor tumani hududidan o`tuvchi xalqaro ahamiyatga ega bo`lgan M-39 Toshkent–Termiz avtomobil yo`lining 1240 kilometrida, Termiz–Toshkent yo`nalishida 22 yoshli haydovchi P.Z «Nexia»ni boshqarib kelayotib, boshqaruvni yo`qotgan. Oqibatda yo`lni ikkiga ajratib turuvchi beton to`siqqa urilib, avtomobilda yong`in kelib chiqqan.

Oqibatda haydovchi P.Z. va uning avtomobilida bo`lgan yo`lovchilar, T.A. va B.B. voqea joyida yong`indan kuyib vafot etgan. Mazkur holat yuzasidan G`uzor tuman IIB TB tomonidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

Шарҳлар

Qashqadaryoda eshak go`shtini pullayotgan erkaklar ushlandi

10.04.2021, 18:56

Qashqadaryo viloyati Qarshi shahrida xonadonida eshak so`yib, go`shtini sotayotganlar ushlandi. Bu haqda Qashqadaryo viloyati Ichki ishlar boshqarmasi Matbuot xizmati xabar berdi.Hodisa joriy yilning 5 aprel...
Qashqadaryoda 8 sinf o`quvchisini zo`rlagan shaxs javobgarlikka tortilmasligi ma`lum qilindi. Chunki...

27.03.2021, 21:55

Internet ijtimoiy tarmoqlarida tarqalgan video tasvir yuzasidan munosabat. “Qashqadaryoda 8-sinf o`quvchisi homilador bo`ldi. Qizning onasi voqeada o`z qarindoshlarini ayblamoqda” sarlavhali maqola chop etilgan.Unda Qamashi tumani,...
Qashqadaryoda iste`molga yaroqsiz go`sht olib ketayotgan «Cobalt» haydovchisi ushlandi( foto)

07.03.2021, 16:23

Qashqadaryo viloyati Chiroqchi tumanida 2021 yil 6 mart, shanba kuni iste`molga yaroqsiz 800 killogramm go`sht olib ketayotgan «Cobalt» haydovchisi ushlandi. Bu haqda viloyat Ichki ishlar...
Chiroqchi tumanidagi 73 ta maktabning direktor lavozimi uchun vakant e`lon qilindi

15.02.2021, 17:39

Qashqadaryo viloyat xalq ta`limi boshqarmasi axborot xizmatining Kun.uz muxbiriga ma`lumot berishicha, Chiroqchi tuman xalq ta`limi bo`limiga qarashli 8, 9, 10, 17, 18, 23, 25, 26,...