AsosiyJamiyat

Andijonda “O`zarxiv” agentligi tizimida faoliyat yurituvchi qizlar o`rtasida “Balli qizlar” bellashuvi bo`lib o`tdi

'Andijonda “O`zarxiv” agentligi tizimida faoliyat yurituvchi qizlar o`rtasida “Balli qizlar” bellashuvi bo`lib o`tdi'ning rasmi

2021 yil 5 mart kuni “O`zarxiv” agentligi tizimidagi viloyatlar va Toshkent shahar arxiv ishi hududiy boshqarmalari hamda O`zbekiston milliy arxivlari yosh xodimalari o`rtasida “Balli qizlar” bellashuvi bo`lib o`tdi. Bu haqda "O`zarxiv" agentligi matbuot xizmati rahbari Anvarjon Aliev "Darakchi.uz"ga xabar qildi.

Ushbu tadbir O`zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 7 martdagi “Xotin-qizlarning mehnat huquqlari kafolatlarini yanada kuchaytirish va tadbirkorlik faoliyatini qo`llab-quvvatlashga oid chora-tadbirlar to`g`risida”gi PQ-4235-son qarori va ““O`zarxiv” agentligining 2021 yilda yoshlarga oid davlat siyosatini amalga oshirishga qaratilgan yoshlar dasturi” 23-bandi ijrosini ta`minlash maqsadida o`tkazildi. 

“O`zarxiv” agentligi tizimida ham xotin-qizlarni, yoshlar qo`llab quvvatlash borasida tizimli ishlar olib borilmoqda. Bugungi kunda tizimda mehnat qilayotgan xodimlarning qariyib 70 foizini ayollar tashkil etadi. 

“Balli qizlar” ko`rik-tanlovida 16 nafar ishtirokchilar 4 ta shart bo`yicha bellashdilar: 

  • arxiv sohasini rivojlantirish bo`yicha innovaison g`oya yoki arxiv sohasini rivojlantirish bo`yicha takliflar taqdimoti o`tkazildi;
  • bu shartda qizlar o`z mahoratlaridan kelib chiqib, ekibana (guldastalar) va karvin; (turli meva va sabzavotlardan shakllar) yasadilar, rasm chizdilar, shirinliklar va turli salatlarni tayyorladilar; 
  • arxiv ishi, AKT, korrupsiya bo`yicha savol-javoblarga javob berildi;
  • sahna ko`rinishida O`zbekiston Respublikasining 2019 yil 2 sentyabrda qabul qilingan “Xotin-qizlar va erkaklar uchun teng huquq hamda imkoniyatlar kafolatlari” va “Xotin-qizlarni tazyiq va zo`ravonlikdan himoya qilish to`g`risida” gi qonun hujjatlari asosida xotin-qizlarning huquqiy madaniyatini shakllantirishga, ularga nisbatan tazyiq va zo`ravonlik holatlariga olib keladigan sabablar hamda ularni bartaraf etish choralarini aks ettiruvchi  sahna ko`rinishlarini namoyish etdilar.

Boshqa yangiliklar