AsosiyDunyo

Pandemiya davrida ayollarga nisbatan zo`ravonlik ulkan darajada ko`paydi — JSST

'Pandemiya davrida ayollarga nisbatan zo`ravonlik ulkan darajada ko`paydi — JSST'ning rasmi

Global pandemiya oqibatlari ko`p hollarda ayollarga erkaklarga qaraganda ko`proq ta`sir ko`rsatdi. Bu, xususan, oiladagi zo`ravonlikning ko`payishi va reproduktiv salomatlikka kirish imkoniyatlarining pasayishida o`zini namoyon qildi, dedi Jahon sog`liqni saqlash tashkiloti (JSST) bosh direktori Tedros Adanom Gebreyesus Jenevadagi brifingda. Bu haqda TASS xabar bermoqda. 

"Ko`p hollarda COVID-19 pandemiyasi ayollarga yomon ta`sir ko`rsatdi. Biz ayollarga nisbatan zo`ravonlik ulkan darajada ko`payganiga va gender va reproduksiya bilan bog`liq tibbiy xizmatlardan foydalanish imkoniyatining kamayganiga guvoh bo`ldik" dedi u.

"Nisbatan qaraganda, ish joyidagi yo`qotishlar erkaklarnikiga qaraganda ayollar uchun ko`proq bo`ldi. Shuningdek, bolalar va qariyalarga g`amxo`rlik qilishning qo`shimcha yukini ayollar o`z zimmalariga olishdi", deb davom etdi bosh direktor. U pandemiya sharoitida dunyodagi tibbiyot xodimlarining qariyb 70 foizini tashkil etadigan ayollar "hayotni davolash va qutqarishda muhim rol" o`ynaganini esladi.

8 mart - Xalqaro xotin-qizlar kuni Gebreyesus sog`liqni saqlash sohasidagi ayollarga "sog`liqni saqlashni qo`llab-quvvatlash, dunyoni xavfsizligini saqlash va zaif odamlarga yordam berish" xizmatlari uchun minnatdorchilik bildirdi.

    Boshqa yangiliklar