Koronavirus pandemiyasi tufayli avval joriy etilgan sayyohlarning kirib kelishidagi cheklovlarni atigi beshta davlat butunlay olib tashladi. Bu haqda BMT Jahon sayyohlik tashkiloti 8 mart kuni o`z saytida ma`lum qildi.
Sayyohlar uchun ochiq bo`lgan davlatlar orasida Albaniya, Dominikan Respublikasi, Kosta-Rika, Shimoliy Makedoniya va Tanzaniya bor. Ular sayyohlik yo`nalishi umumiy sonining atigi 2 foizini tashkil etadi, deya ta`kidlaydi tashkilot.
Shu bilan birga, har uchinchi mamlakat, ya`ni umumiy hisobda 69 ta davlat sayohatchilar uchun butunlay yopiqligicha qolmoqda. Ularning aksariyati Osiyo-Tinch okeani mintaqasida, yana 15 tasi Evropada, 10 tasi Amerikada, 10 tasi Afrikada va uchtasi Yaqin Sharqda joylashgan. Sayyohlar kirishiga qisman cheklovlar turistik yo`nalishlarning yana 34 foizida saqlanib qolmoqda.