my5
Sevimli

Bolalarda ko`p uchraydigan maymoqlik kasalligining belgi va shakllari qanday?

Salomatlik 13.03.2021, 17:53
Теглар: SSV, Bolalar
Bolalarda ko`p uchraydigan maymoqlik kasalligining belgi va shakllari qanday?

Bolalarda ko`p uchraydigan ortopedik xastaliklardan biri maymoqlik hisoblanadi. Ushbu kasallikning belgilari, tashhislash usullari qanday? Uni davolash uchun nima qilish kerak? SSV matbuot xizmatining shu kabi savollariga Sog`liqni saqlash vazirligining Bolalar travmatologiya  va ortopediyasi bo`yicha bosh maslahatchisi Abduxalil XUDJANOV javob berdi.  

—  Maymoqlikning tashhislash usullari qanday?

—  Ushbu xastalik diognostikasi murakkab emas. Agar bolada to`g`ma maymoqlik mavjud bo`lsa, tug`ruqxonaning o`zidayoq ilk alomatlarini ilg`ash mumkin. Ya`ni malakali doyalar chaqaloq oyoqlarining tuzilishidan kelib chiqib ortoped ko`rigini tavsiya etishadi.  

Tug`ruqxonadan chiqqach, roppa rosa bir oydan so`ng bolani ortoped-shifokorga olib borgan ma`qul. Mutaxassis maymoqlikning turi va darajasini aniqlab, avvaliga davolash gimnastikasi hamda uqalash mashqlarini tavsiya etadi. Shu tariqa bolakayni gips qo`yishga bosqichma-bosqich tayyorlab borish lozim, chunki  dabdurustdan gips qo`yish kutilgan natijani bermasligi mumkin.

Maymoqlik uch asosiy belgiga ko`ra tasdiqlanadi: supinasiya — oyoq panjasining o`z o`qi atrofida aylanishi, ekvinus – oyoq panjasining pastga tushishi hamda oyoq oldi qismining ichkariga tomon burilishi.  

Mana shu alomatlar birgalikda namoyon bo`lsagina maymoqlik tashhisi qo`yiladi. Oyoqni ichkari tarafga burib qadam tashlash boladagi raxit alomati  yoxud tizza, son-chanoq patologiyasidan darak bo`lishi ham mumkin.  

—  Maymoqlikning qanday shakllari bor?  

— Maymoqlikning tug`ma shaklidan tashqari ikkilamchi ko`rinishi ham mavjud. Bu, asosan, nevrologik kasalliklar va jarohatdan keyingi noto`g`ri suyak bitishi asoratidir. Maymoqlik har ikki yoki bir oyoqda bo`lishi mumkin. Shuni yoddan chiqarmaslik kerakki, hatto ikki tomonlama maymoqlikda ham bolakay to`liq sog`ayib ketadi!

Davolash gimnastikasi va uqalash muolajalaridan so`ng oyoq suyagi gips bog`lamini qo`yishga tayyor hisoblanib, asosiy muolaja boshlanadi. Avvaliga gips bog`lami har haftada bir marotaba almashtirib turiladi. Ba`zi bolalarda gips muolajasi bir ikki oy qo`llansa, ayrim bemorlar uchun olti-etti oy kerak bo`ladi.  

Bu bolaning organizmi, kasallik darajasi va qolaversa, ota-onaning parvarishi, e`tiboriga bog`liq. Gips bog`lami bosqichma-bosqich yangilab borilayotgan paytda muolajaning birortasini ham kechiktirish, o`tkazib yuborish yaramaydi. Shuning uchun bunday paytda ota-onadan farzandi salomatligiga e`tiborliroq bo`lish talab etiladi.

Шарҳлар

Uyda davolanayotgan bolalarni qanday ovqatlantirish kerak? Mutaxassisdan tavsiyalar

27.11.2021, 12:53

Issiq jon isitmasiz bo`lmaydi, degan gap bor xalq orasida. Ayniqsa, kuz-qish davrida mavsumiy kasalliklar yanada ko`payishi tabiiy hol.Mana, hozir ham shunday murakkab bir palla. Bolalar...
SSV: "246 ming nafardan ortiq bola ixtiyoriy ravishda vaksina bilan emlandi"

04.11.2021, 10:59

 O`zbekistonda 3 noyabr holatiga ko`ra, 12 yoshdan 18 yoshgacha bo`lgan bolalar orasidan 246 033 nafari Pfizer vaksinasi bilan ixtiyoriy ravishda emlandi. Bu haqda Sog`liqni saqlash...
SSV: Gripp "beozor" kasallik emas

11.10.2021, 19:14

Ma`lumki, gripp va o`tkir respirator infeksiyalarning mavsumiy ko`tarilish davri kuz-qish mavsumiga to`g`ri keladi. Bu paytda, ayniqsa, immuniteti sust bolalar, keksa yoshdagi kishilar, homiladorlik hamda surunkali...
SSV 2021 yilda O`zbekistonda tashkil etilgan oilaviy shifoxonalar haqida ma`lumot berdi

04.10.2021, 19:34

Sog`liqni saqlash vazirligi  Matbuot xizmatining xabar berishicha, sog`liqni saqlash sohasini yanada rivojlantirish maqsadida kelgusi 3 yilda yurtimizda 315 ta oilaviy shifokor punkti va 85 ta...