Долзарб мавзулар Foto

Facebook va Twitter Apple korporasiyasining tutgan yo`lini ma`qulladi

Бўлимлар: Hi-tech
Теглар:
Добавлено: 19.02.2016, 10:51

Amerikaning Apple korporasiyasi AQShning Federal qidiruv byurosiga San-Bernardinoda xunrezlikni amalga oshirgan terrorchining iPhone smartfonini ochib o`qish uchun so`ragan yordamini rad etdi, ammo uning bu harakatini Facebook va Twitter kompaniyalari qo`llab-quvvatladi, deya xabar berdi “Vesti.ru” nashri.

Amerika sudi Apple kompaniyasidan tergovchilarga terrorchi Said Farukning smartfonidagi ma`lumotlarni olib berishni talab qildi. Bunga javoban kompaniya rahbari Tim Kuk bunday talab Apple mijozlari xavfsizligiga xavf tug`diradi, dedi. Shunga qaramay, kompaniya muhandislari Federal qidiruv byurosiga tergov uchun zarur bo`lgan ma`lumotni olib berdi, biroq iPhone’ning dasturli ta`minotini buzishni rad etishdi.

2015 yilning dekabr oyida Said Faruk va uning rafiqasi Teshfin Malik Amerikaning San-Bernardino shahridagi nogironlarga yordam ko`rsatish markaziga bostirib kirib, begunoh insonlarga qarata o`q ochgan. Oqibatda 14 kishi halok bo`lgan, 21 kishi tan jarohati olib, yaralangan. Jinoyatchilar qo`lga olish jarayonida yo`q qilingan. Keyinchalik bu tajovuz terakt deb qabul qilinib, ,buning javobgarligini “Islom davlati” guruhi terrorchilari bo`yniga olgan.

Google+
WhatsApp
VK
Telegram

Комментарии

SUG'DIYONA