my5
Sevimli

Ko`z kasalliklarini vaqtida davolamaslik qanday og`ir oqibatlarga olib keladi?

Salomatlik 22.03.2021, 12:12
Теглар: Ko`z kasalliklari
Ko`z kasalliklarini vaqtida davolamaslik qanday og`ir oqibatlarga olib keladi?

 Ko`z inson uchun eng bebaho ne`mat, eng muhim tana a`zosi hisoblanadi. Axborotning to`qson foizi ko`z orqali qabul qilinadi. Ko`z kasalliklarini davosi hamda ushbu kasalliklarni barvaqt aniqlash, oldini olish masalalari haqida SSV Matbuot xizmati ma`lumot berdi.

— Ko`z kasalliklari kelib chiqishi nasliy bo`lishi ham mumkin. Naslga, yoshga, jinsga bog`liq bo`lmaganlari ham mavjud. Jahon tibbiyotida refraksiya anomaliyalari, (uzoq yoki yaqinni yaxshi ko`rmaslik — miopiya, gipermetropiya, astigmatizm), turli ko`z jarohatlari, katarakta, glaukoma, presbiopiya (keksaygan sari ko`rishning pasayib borishi) kabi kasalliklar ko`p uchramoqda.

Qolaversa,  ekologik muvozanatning buzilishi, oziq-ovqat mahsulotlari tarkibida turli kimyoviy qo`shimchalarning ulushi tobora ortib borishi, nosog`lom turmush tarzi ko`z kasalliklari ko`payishiga sabab bo`ladi.

Kompyuter qarshisida uzoq muddat o`tirish, bolalikdan gadjetlarga mehr qo`yish, televizorni yaqindan tomosha qilish kabi odatlar ko`z kasalliklarining yosharib borishiga xizmat qiladi.  

Ayniqsa, glaukoma nogironlikka olib keluvchi og`ir, ijtimoiy ahamiyatga ega bo`lgan ko`z kasalligi hisoblanadi.  

Faqat o`z vaqtida aniqlab, to`g`ri davolangan holda ko`zi ojizlikning oldini olish mumkin. Allergik va virusli kon`yunktivit, kompyuter sindromi kabi  kasalliklarning kelib chiqishiga gigiena qoidalariga rioya qilmaslik, dori vositalarini shifokor maslahatisiz uy sharoitida qabul qilish hamda o`z vaqtida shifokorga murojaat etmaslik sabab bo`lmoqda. Masofaviy ish ko`payishi natijasida kompyuterda uzoq vaqt ishlash ham ko`rish qobiliyatiga zarar etkazadi. Ko`rish o`tkirligi ancha pasayganda murojaat etilganda ko`rish nervi qaytarib bo`lmas o`zgarishlarga uchrashi ehtimoli yuqori bo`ladi.

— Bu kasalliklarning oldini olish mumkinmi?

— Bunday kasalliklarning oldini olish uchun rasional ovqatlanish, jismoniy faollik, tozalik, ekologik muhit musaffoligi, kun tartibini to`g`ri tashkil etish, o`z vaqtida hordiq chiqarish juda muhim. Naslida ko`z kasalliklari mavjud bo`lgan insonlar 35-40 yoshdan so`ng yiliga 2 marotaba ko`zlarini tekshirtirib turishi kerak. Shundagina kasalliklar erta aniqlanadi va ularni samarali davolash mumkin bo`ladi.

Hududlarda bu yo`nalishda tashxis va davo choralarini olib borish qanday tashkil qilingan?

— Dunyo tibbiyoti oftalmologiya va ko`z mikroxirurgiyasi yo`nalishida ham ulkan yutuqlarga erishdi. Poytaxtimizda, viloyatlar markazlari va tumanlarda faoliyat yuritayotgan oltmishga yaqin tibbiyot muassasalari hamda besh yuz ellikdan ko`proq tibbiyot xonalarida bu yo`nalishda aholiga yuksak texnologiyalar vositasida tibbiy yordam ko`rsatiladi.

Respublika ixtisoslashtirilgan ko`z mikroxirurgiyasi markazining   maslahat-tashxis poliklinikasida kuniga bir yuz ellikka yaqin qatnov qayd etiladi. Eng ilg`or diagnostika va davolash vositalari bilan jihozlangan klinikada yiliga olti ming nafardan ko`proq bemorda noyob jarrohlik amaliyotlari o`tkaziladi.

Izlanishlar natijasida kataraktani davolashning oltin standarti deb nom olgan zamonaviy usullari, shoh pardani ko`chirib o`tkazish amaliyoti, glaukoma, miopiya kasalliklari, qandli diabetning og`ir asorati — diabetik retinopatiya kabi xastaliklarda lazer texnologiyalari vositasida tig`siz jarrohlik amaliyotlari joriy etilgani bemorlarga yorug` dunyoni qayta ko`rish imkoniyatini yaratmoqda.

Tibbiyot ilmining bunday yangiliklarini hududiy tibbiyot muassasalarida ham tatbiq etish maqsadida Respublika ixtisoslashtirilgan ko`z mikroxirurgiyasi ilmiy-amaliy tibbiyot markazida oftalmologlarning malakasini oshirish uchun qisqa muddatli o`quv kurslari tashkil etilgan. Bundan tashqari, olimlarimiz va shifokorlar reja asosida chekka hududlarga borib, aholini chuqurlashtirilgan tibbiy ko`rikdan o`tkazishadi, joylarda jarrohlik amaliyotlari olib boriladi, mahorat darslari uyushtiriladi.  

 

Шарҳлар

60 yoshdan oshganlarning har 6 nafarida kuzatiladigan xastalik haqida

28.06.2021, 18:36

Afsuski, 60 yoshdan oshganlarning har 6 tasida ko`zga parda (oq) tushishi kuzatiladi. Ko`zga oq tushishi vaqtida davolanmasa, ko`rlikka olib keladi. Bu katarakta kasalligi bilan bog`liq...