AsosiySalomatlik

Koronavirus bilan bolalar ko`proq og`riyotgani aytilmoqda. Kasallik ularda og`ir o`tyaptimi?

'Koronavirus bilan bolalar ko`proq og`riyotgani aytilmoqda. Kasallik ularda og`ir o`tyaptimi?'ning rasmi

Ushbu savolga AOKAda bo`lib o`tgan  brifingda Koronavirusga qarshi kurash shtabi a`zosi Sevara Ubaydullaeva ushbu savolga javob berdi.

— Bolalarda koronavirus simptomlarsiz, engil va o`rta og`ir darajada kuzatilayotganini amaliyot ko`rsatmoqda. Bu ota-onalarning oilaviy shifokor yoki pediatrga o`z vaqtida murojaat etishi va shifokor nazoratida davolashni olib borayotgani natijasi deb hisoblaymiz.

Chunki qanday kasallik bo`lmasin, shamollashning ilk alomatlarida shifokorlarga murojaat etib, uni koronavirus yoki yo`qligini aniqlab olinsa hamda standartlar asosida to`g`ri davo olib borilsa, bu kasallik og`ir darajaga o`tmasligi olimlar tomonidan kuzatilmoqda va turli isbotlangan maqolalarda yoritilib kelinmoqda, deya izoh berdi mutaxassis. 

    Boshqa yangiliklar