AsosiySalomatlik

Vaksina qo`shimcha immunitet hosil qilishga yordam beradi – Sevara Ubaydullaeva

'Vaksina qo`shimcha immunitet hosil qilishga yordam beradi – Sevara Ubaydullaeva'ning rasmi

Insonda paydo bo`lgan antitanachalar 3 oydan keyin yo`q bo`lishi rostmi?

AOKAda o`tkazilgan brifingda Koronavirusga qarshi kurash shtabi a`zosi Sevara Ubaydullaeva ushbu chavolga javob berdi.  

 "Bugungi kunda koronavirusga chalinib sog`aygan insonlar organizmida paydo bo`lgan antitanachalar 3, 6, 9 oy davomida saqlanib qolishi kuzatilmoqda. Kasallanib sog`aygandan so`ng 1 oy o`tib, Immonoglbulin-test tekshiruvi bilan antitanachalar hosil bo`lgan yoki yo`qligini aniqlash mumkin.

Shuningdek, 3 yoki 6 oydan so`ng ham qayta tekshiruvdan o`tib, antitanachalar saqalanib qolgan titr ko`rsatkichlarini aniqlashlari mumkin bo`ladi. Lekin rossiyalik olim Chuchalinning yaqinda chop etgan tadqiqotiga ko`ra, 2020 yil kuz faslida koronavirus infeksiyasining har qanday turi bilan kasallangan kishi 2021 yilning kuz faslida emlanishi maqsadga muvofiqligini ta`kidlagan. Vaksina qo`shimcha immunitet hosil qilishga yordam beradi",–deydi mutaxassis.

Boshqa yangiliklar