sevimli
Sevimli

Namanganda senator tashabbusi bilan noyob jarrohlik amaliyoti o`tkazildi

Jamiyat 29.03.2021, 18:15
Теглар: Tibbiyot, senator
Namanganda senator tashabbusi bilan noyob jarrohlik amaliyoti o`tkazildi

Kecha, 28 mart kuni O`zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Xotin-qizlar va gender tenglik masalalari qo`mitasi raisi o`rinbosari Nosirbek Abdullaxanov tashabbusi bilan Namangan viloyatida ilk marotaba urologiya sohasidagi noyob jarrohlik amaliyoti o`tkazildi.

Viloyat markazida joylashgan “ANAMED” diagnostika markazida rossiyalik taniqli shifokor, Ilya Mechnikov nomidagi Shimoliy-g`arbiy davlat tibbiyot universiteti masofaviy litotripsiya kafedrasi mudiri, Sankt-Peterburg shahridagi Aleksandrovskaya shifoxonasi urologiya bo`limi mudiri, tibbiyot fanlari nomzodi Oleg Burlaka namanganlik hamkasblari bilan birga lazer yordamida prostata adenomasi tugunchalarini tig`siz ajratib olish jarayonini amalga oshirdi.

Avvallari mazkur yo`nalishdagi jarrohlikdan so`ng bemor uch kun davomida to`shakka mixlanib yotishga majbur bo`lardi. Farg`ona vodiysida ilk bor Namanganda kirishilgan bunday tig`siz amaliyotdan keyin bemor bir kunda sog`ayib uyga qaytadi.

Ma`lumot o`rnida, Oleg Burlaka prostata adenomasini minimal invaziv davolash bo`yicha taniqli mutaxassis hisoblanib, 20 yillik ish tajribasiga ega. Og`riqli siyish va pastki qorinda og`riqlar shikoyati bo`lgan bemorlar bilan ishlaydi. U Evropa urologiya assosiasiyasi va Rossiya urologiya jamiyatining a`zosidir.

– O`zbekistonlik hamkasblarim bilan birga jiddiy urologik jarrohlik amaliyotini jahon tibbiyotidagi so`nggi tajribalarga tayangan holda o`tkazdik, – deydi rossiyalik shifokor Oleg Burlaka. – Jarayon garchi murakkab bo`lsa-da, Namanganda yaratilgan qulay sharoitlar tufayli muvaffaqiyatli ado etdik. 60 yoshdan oshgan to`rt nafar bemorda hayotga bo`lgan ishonch va xursandchilik uyg`otganimizdan mamnunmiz. To`g`risi, zamonaviy shart-sharoitlar va dunyo standartlariga to`la javob beruvchi jihozlar e`tiborimni tortdi. Namangan viloyatida yuqori salohiyatga ega xususiy tibbiyot tizimida bunday muhitdagi ish, nazariy va amaliy hamkorligimizni kelgusida ham davom ettirishga ishonch paydo qiladi.

Шарҳлар

Namanganda rossiyalik olim “Temir daftar”ga kiritilgan bemorlarni bepul davolamoqda

04.06.2021, 17:58

Rossiya Federasiyasining Sankt-Peterburg shahridagi  I. Mechnikov nomidagi Shimoliy-sharqiy davlat tibbiyot universiteti klinikasi endovaskulyar xirurgiya bo`limi rahbari, tibbiyot fanlari nomzodi Aleksandr Kaledin tomonidan 2016 yilda bemorning...
Maktab o`quvchilari uchun “senator stipendiyasi” ta`sis etildi

17.02.2021, 17:56

Kuni kecha Oliy Majlis Senati Xotin-qizlar va gender tenglik masalalari qo`mitasi raisi o`rinbosari N.Abdullaxanov tomonidan mahalliy Kengash deputatlari, xalq ta`limi boshqarmasi mas`ullari bilan birgalikda o`z...
Denovda 20 yildan buyon ichimlik suvidan qiynalayotgan aholi muammosini senator hal qildi

10.12.2020, 13:40

O`zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi senatori Abdug`ani Sanginov tashabbusi bilan Denov tumani “Chim” mahallasidagi yaroqsiz holatga kelib, 20 yildan buyon umuman suv chiqmay qolgan 1 ta...
Yangi tibbiyot instituti tashkil etiladi

09.11.2019, 23:59

Vazirlar Mahkamasining Qoraqalpoq tibbiyot institutini tashkil etish to`g`risidagi qarori loyihasi muhokama uchun joylashtirildi.Unga ko`ra, Toshkent pediatriya tibbiyot institutining Nukus filiali negizida Qoraqalpoq tibbiyot instituti tashkil etiladi.Loyihada...