AsosiySalomatlik

O`zbekiston-Xitoy hamkorligida yaratilgan ZF-UZ-VAC2001 vaksina nega 3 dozada olinadi?

'O`zbekiston-Xitoy hamkorligida yaratilgan ZF-UZ-VAC2001 vaksina nega 3 dozada olinadi?'ning rasmi

«Zhifei Loncom Biofarmaceutical» kompaniyasi mutaxassisi, olim Lui Peng Fey O`zbekiston–Xitoy hamkorligida yaratilgan vaksina nega 3 dozada olinishiga izoh berdi.

Olimning so`zlariga ko`ra, vaksinasining birinchi dozasini olgandan so`ng 30 va 60 kun o`tganidan keyin tegishli ravishda 2- va 3-dozalar bilan o`z vaqtida emlanish organizmda virusga qarshi antitanachalarning hosil bo`lishiga olib keladi.

«Xitoyda ko`ngilli fuqarolar orasida vaksinani klinik sinovlardan o`tkazdik. Tadqiqot kuzatuvlariga ko`ra, ‘ZF-UZ-VAC2001’ vaksinasining birinchi dozasini olgandan so`ng 30 va 60 kun o`tganidan keyin tegishli ravishda 2- va 3-dozalar bilan o`z vaqtida emlanish organizmda virusga qarshi antitanachalarning hosil bo`lishini aniqladik. Aytishim mumkinki, vaksinaning 1-dozasi bilan emlangan fuqaroda virusni qayta yuqtirish ehtimoli mavjud. Biroq 2- va 3-dozalari bilan emlangan fuqarolarda antitanachalar sezilarli ravishda ko`tarilishi olib borilgan tadqiqotlarimizda isbotlandi», — deydi kompaniya mutaxassisi.

Boshqa yangiliklar