Долзарб мавзулар Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yili

WI-FI - bu nima va u O`zbekistonning qaysi hududlarida mavjud?

Бўлимлар: Hi-tech
Теглар:
Добавлено: 24.02.2016, 15:23

Chekka qishloq joylarda ham Wi-Fi tarmog`idan foydalanish mumkinmi?

Kumushbibi Sharofiddinova, Qashqadaryo viloyati

A.FAYZULLAEV, Axborot texnologiyalari va kommunikasiyalarini rivojlantirish vazirining birinchi o`rinbosari:

— Ayni paytda hukumat topshiriqlariga asosan, “O`zbektelekom” AK tomonidan Xorazm, Surxondaryo, Qashqadaryo va Toshkent viloyatlaridagi aeroport, vokzal, mehmonxona va boshqa sayyohlik ob`ektlarda Wi-Fi zonalar tashkil etilgan va mazkur ishlar davom ettirilmoqda. Jumladan:

Xorazm viloyatida “Ichan Qal`a” muzeyi, Urganch shahri aeroporti va Urganch shahri Markaziy temir yo`l vokzali;

Qashqadaryo viloyatida Qarshi shahri aeroporti va temir yo`l vokzali, “Abdulaziz” madrasasi, “Abu Ubayda ibn al Jarroh” majmuasi, shahar O`lkashunoslar muzeyi, “Shahrisabz” mehmonxonasi, “Dorus-Saodat” majmuasi, “Oqsaroy” majmuasi, “Ko`k gumbaz” majmuasi, Amir Temur muzeyi;

Surxondaryo viloyatida Termiz shahri aeroporti va temir yo`l vokzali, “Meridian” mehmonxonasi, “Surxon” mehmonxonasi, “Al-Hakim at-Termiziy avliyo ota” maqbarasi;

Toshkent viloyatida “Chinara” restorani, “Xumson” “Archazor”, “Kumushkon” dam olish “Gornyak” MTMK, “Xo`jakent” dam olish hududlari, “Yangiobod Chotqol Marvarit” sayyohlik markazi.

Foydalanuvchilar to`lov kartalari yordamida Wi-Fi tarmog`i mavjud bo`lgan barcha ob`ektlarda internet xizmatidan foydalana olishlari mumkin. Xizmatlarga ulanish va to`lov kartalarini sotish “O`zbektelekom” AK savdo ofislari, mehmonxona va sayyohlik ob`ekt ma`muriyati tomonidan amalga oshirilmoqda, shuningdek, “Matbuot tarqatuvchi” AK shoxobchalarida ham to`lov kartalarini sotish yo`lga qo`yilgan.

Shuningdek, 2016 yilda Toshkent shahri, Samarqand va Buxoro viloyatlarining sayyohlar gavjum bo`ladigan ob`ektlarida Wi-Fi texnologiyasini joriy etish uchun “O`zbekturizm” MK bilan jami 40 ta ob`ektda Wi-Fi zonalarini tashkil etish belgilandi.

Google+
WhatsApp
VK
Telegram

Комментарии

Mutolaa

17.11.2017, 16:07
16.11.2017, 18:54

Shou-biznes