Му5
44

«O`zbektelekom» mamlakatimizdagi provayderlar uchun Internet xizmatlarini arzonlashtirdi

Hi-tech 25.02.2016, 05:40
2870
«O`zbektelekom» mamlakatimizdagi provayderlar uchun Internet xizmatlarini arzonlashtirdi

«O`zbektelekom» aksiyadorlik kompaniyasi mamlakatimizdagi provayderlar uchun internet xizmatlari narxi 1 Mbit/sekund uchun 136,34 dollarga tushirilganini ma`lum qildi. 

2015 yil yanvar oyida provayderlar uchun internet xizmatlari narxi 1 Mbit/sekund uchun 259,29 dollarni tashkil qilgan bo`lsa, dekabrga kelib narxlar 157,60 dollargacha tushirilgan, ya`ni deyarli 40 foizga arzonlashgan. Joriy yilda ham bu boradagi narxlar pastladi va hozirgi kunda 136,34 dollarni tashkil etmoqda. 

O`zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikasiyalarini rivojlantirish vazirligi matbuot xizmati ma`lumotlariga ko`ra, hozirgi kunda mamlakatimizda 100 dan ortiq operator va provayder tomonidan 10 milliondan ziyod abonentga internet xizmatlari ko`rsatilmoqda. Xalqaro axborot tarmoqlariga ulanish tezligi 26,4 Gbit/sekundni tashkil etmoqda. 

Narxlarning tushirilishi, tezlikning oshirilishi natijasida internet xizmatlaridan foydalanayotganlar soni tobora ortib bormoqda. Bu internet tarmog`ining milliy kontenti rivojiga, internet, videotelefoniya, IP-TV, HDTV-kanallarini ko`rish kabi keng polosali internet xizmatlari, interaktiv xizmatlar ko`rsatishni kengaytirishga zamin yaratadi. 

 

Шарҳлар