Kun hikmati

Бўлимлар: Mutolaa
Теглар:
Добавлено: 25.02.2016, 05:58

Barcha masalalarda har qanday odamning va`dasiga ishonsa bo`ladi, ammo pul masalasi bundan mus­tasno.

***

Bizning nafsimiz shunchalik kuchliki, uni ham ichkaridan, ham tashqaridan qat`iy qoidalarga solgan taqdirdagina tiyish mumkin.

***

Haqiqat yo`lida, tabiiyki, g`azab, xudbinlik, naf­rat kabi narsalar g`oyib bo`ladi. Aks holda unga erishishning iloji bo`­l­maydi.

***

Odam tayyorgarlikni hayotining so`nggi pog`onasiga tashlab qo`yar ekan, u o`zini o`zi anglash darajasiga etmaydi, balki shunday bir keksalikka etishadiki, bu keksalik ikkinchi, ammo endi achinarli bir bolalik bilan teng bo`lib, u atrofdagilar uchun malollik keltirishdan boshqa narsaga arzimaydi.

***

Agar yolg`onchi bo`lganimda, bolalarni to`g`ri gapirishga o`rgatishdagi barcha urinishlarim zoe ketgan bo`lardi. Men o`zim bilan yonma-yon yashayotgan o`g`il va qizlar uchun har doim jonli misol bo`lishim kerakligini tushunib etdim.

***

Bolalarning ruhiy tarbiyasi ularning jismoniy va aqliy tarbiyasiga qaraganda ancha qiyin ish... Ruhni rivojlantirish – fe`l-atvorini shakllantirish demakdir.

***

Kuchsizlar hech qachon kechirmaydi. Kechirimlilik faqat kuchlilarga xos.

***

Sevgi hech qachon talab etmaydi, aksincha faqat tuyg`ularni hadya etadi. Shu sabab doimo azob chekadi. Qarshilik bildirmaydi. Hammadan o`ch olmaydi...

***

Yo`q” deya javob qaytarish, “ha” deb aytishdan ko`ra ancha yaxshiroq. “Yo`q” degan so`z muammoni kuchaytirmay, undan yiroqroq yurishga xizmat qiladi.

Moxandas Karamchand (Maxatma) Gandi

Google+
WhatsApp
VK
Telegram

Комментарии