my5
Sevimli

O`zbekistonda hayvonlar uchun COVID-19 vaksinasi sinovdan o`tkazilishi ma`lum bo`ldi

Salomatlik 13.04.2021, 16:17
Теглар: COVID-19, hayvonlar
O`zbekistonda hayvonlar uchun COVID-19 vaksinasi sinovdan o`tkazilishi ma`lum bo`ldi

Rossiyada hayvonlar uchun mo`ljallangan COVID-19’ga qarshi «Karnivak-Kov» vaksinasi ro`yxatdan o`tkazildi. Bu haqda «Xalq so`zi online» xabar berdi.

Xabarga ko`ra, Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qo`mitasi mutaxassislari va qo`mita huzuridagi Hayvon kasalliklari tashxisi va oziq-ovqat havfsizligi davlat ilmiy markazi olimlari rossiyalik hamkasblari bilan mazkur vaksinaning sinov jarayonlarini O`zbekistonda ham o`tkazish bo`yicha muzokaralar olib borilmoqda.

Qayd etilishicha, ayni paytda olimlar mazkur emlama bilan emlangandan keyin hayvon tanasida kovidga qarshi immunitet qancha vaqt saqlanishini o`rganmoqda. Ma`lumotlarga ko`ra, uning eng kam muddati 6 oy. Ommaviy ishlab chiqarish aprel oyi oxirlarida boshlanishi kutilmoqda.

Shuningdek, emlamaning birinchi bosqich sinov jarayonlari yuqori samara bersa, ikkinchi bosqich sinov jarayonlari O`zbekistondada ham o`tkaziladi.

Шарҳлар

Hayvonlarga nisbatan shafqatsiz munosabat uchun jinoiy javobgarlik belgilandi

26.08.2021, 22:08

Hayvonlarga nisbatan shafqatsiz munosabatda bo`lish jinoiy javobgarlikka sabab bo`lishi mumkin."O`zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o`zgartish va qo`shimchalar kiritish to`g`risida"gi Qonun (O`RQ–711-son, 25.08.2021 y.) Prezident tomonidan...
​Covid-19’ga qarshi kimlarga emlanish tavsiya etilmaydi?

30.05.2021, 22:14

Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmati boshlig`i o`rinbosari Nurmat Otabekov:- Emlash tadbirlarini amalga oshirish paytida ushbu vaksinani ishlab chiqargan tashkilotning tavsiyalariga amal qilinadi. OIV infeksiyasiga...
Rossiyada hayvonlar uchun ilk SOVID-19 ga qarshi vaksina ro`yxatdan o`tkazildi

31.03.2021, 16:53

Rosselxoznadzor olimlari tomonidan ishlab chiqarilgan hayvonlar uchun koronavirusning yangi turiga qarshi dunyodagi birinchi vaksina Rossiyada ro`yxatdan o`tkazildi. Bu haqda agentlik rahbari o`rinbosari Konstantin Savenkovga tayanib...