my5
Sevimli

Koronavirusni yangi davolash protokoli bo`yicha shifokor uy sharoitida antibiotik va gormon tavsiya qilishi mumkinmi?

Salomatlik 19.04.2021, 13:01
Koronavirusni yangi davolash protokoli bo`yicha shifokor uy sharoitida antibiotik va gormon tavsiya qilishi mumkinmi?

AOKAda bo`lib o`tgan brifingda Koronavirusga qarshi kurash shtabi a`zosi Sevara Ubaydullaeva koronavirusga qarshi davolanish borasida aholi saqollariga javob berdi.

O`tgan 2020 yilda koronavirusning og`ir shakli bilan kasalxonada davolandim. Bu yil ham shamollab shifokor tavsiyasiga ko`ra PZR-testi topshirdik, natija ijobiy chiqdi.  Shifokor uy sharoitida davolanishni belgiladi va antibiotiklar, deksametazon va osma ukollarni muolaja uchun yozib berdi. Lekin  menda oldingi holatga o`xshash axvolim og`ir emas, o`zimni yaxshi xis qilmoqdaman. Hozirgi kunda protokollar yangilandi va o`zgarishlar kiritildi deyilgan edi. Yangi davolash protokoli bo`yicha shifokor uy sharoitida antibiotik va gormon tavsiya qilishi mumkinmi?  

" – Bizning davlatimizda koronavirus infeksiyasini uy sharoitida va shifoxonalarda davolash protokollari to`liq ko`rib chiqilgan va tasdiqlangan.  

Bugungi kunda tasdiqlangan va Respublikamizda koronavirusni davolash tartibi bo`yicha foydalaniladigan protokollarda uy sharoitida antibiotiklar, gormonal preparatlar va osma ukollar tavsiya qilinmaydi", – dedi  Sevara Ubaydullaeva.

 

Шарҳлар