Долзарб мавзулар E`tirof - 2016

Kun hikmati

Бўлимлар: Mutolaa
Теглар:

Inson hamma erda ulug`... Uning ulug`ligi qo`lidan kelgan ishlarda, yaratuvchiligida ko`rinib turadi.
***
Odamning yomoni bo`lmaydi. Birov tosh, birov gul, o`z joyida ikkovi ham yaxshi.
***
Boshiga ish tushgan odamni shilish — o`likning kafanini echib olishday gap.
***
Shunday odamlar ham bo`ladiki, tug`ilganda hech kim sevinmagan bo`lsa ham, o`lganda butun yurt aza tutadi.
***
“Mumkin emas”ni “qiyin”dan ajratish kerak. Qiyin — ko`proq mehnat talab qilinadi, degan so`z.
***
Yaxshi tarbiya ko`rgan odamning xislatlaridan biri shuki, bunday odam o`z faoliyatida boshqalardan bir qadam oldinga o`tsa darrov orqaga qaraydi, sheriklariga yordam qo`lini uzatadi, safini kengaytirib, yangi g`alabani ko`zlaydi.
***
Jurnal, gazeta yozuvchilar ijodini muzayyan qilib, kitobxonlar oldiga yoziladigan dasturxon. Bas shunday ekan, bu dasturxon halol va pok bo`lmog`i kerak. 
***
Amalparastlik amalparastlarni birlashtirmaydi.
***
Nima uchun ko`cha harakati qoidasini buzgan kishiga milisiya hushtak chaladi-yu, butun bir tilni buzayotgan odamlarga hech kim hushtak chalmaydi?
*** 
Olamga eshikning tirqishidan qarash kerak emas...

Abdulla Qahhor

Google+
WhatsApp
VK
Telegram

Коментарии